Stoichkov: “U jahon chempioni bo'lganini ko'rish uchun, mundialdagi oltin butsamni berishga tayyorman”
13 iyu 2020 21:15
Yangiliklar
Stoichkov: “U jahon chempioni bo'lganini ko'rish uchun, mundialdagi oltin butsamni berishga tayyorman”
“Barselona” sobiq forvardi Xristo Stoichkov Lionel Messini jahon chempioni sifatida ko'rishni juda xohlashini tan oldi.
“Do'stim Lionelni baxtli ko'rishni istardim. Termadagi muvaffaqiyatsizliklar uchun o'zini ayblashni bas qilishini xohlardim. Messining mundial g'olibi sifatida ko'rish uchun JCH-1994'dagi oltin butsamni berishga ham tayyorman.
Uni ilk bor 12-13 yoshligida ko'rgandim. O'shandan buyon u meni lol qoldirib keladi. Nafaqat futbolchi sifatida, balki shaxc sifatida ham hayratda qoldiradi. Uning uchun oila, farzandlar va do'stlar juda muhimdir. U doimo muhtojlarga yordam berib keladi”, deydi Stoichkov.
Fikrlar