Stefano Pioli: "Milan" o'yin bobida "Liverpul" yoki "Bayer"dan qolishadigan joyi yo'q"
31 dek 2023 12:17
Yangiliklar
Stefano Pioli: "Milan" o'yin bobida "Liverpul" yoki "Bayer"dan qolishadigan joyi yo'q"
"Rafa o'zidan ko'p narsa kutilayotganini tushunib turibdi. Biroq og'ir jarohatdan keyin safga qaytgan futbolchi uchun barchasi engil bo'lib ketadi deb hisoblamayman. U jamoa uchun yaxshi mehnat qilmoqda. Hushtaklar esa undan bundan ham ko'prog'ini kutishayotganidan dalolat. Bilamiz, Rafa jamoaga ko'prog'ini bera oladi.
Agarda mavsum bugun yakunlanganida afsuslansa bo'lardi. Biroq oldinda hali o'yinlar ko'p va ularning har biriga katta etibor bera olamiz. Biz yanada yaxshiroq o'ynay olishimiz, ko'proq vaziyatlar yaratishimiz kerak, bugungi o'yinga esa to'g'ri yo'nalish topgandik.
Mavsumning ikkinchi yarmida ko'proq ochkolar to'plab, etakchilarga yaqinlashib olishimiz kerak. Evropa ligasi - maqsadimizga aylanadi. U erda ham yaxshi jamoalar bor. O'yin bobida "Liverpul" yoki "Bayer"dan unchalik ortda qolmayapmiz. Bu qiyin vazifa, o'yinlar payshanba kuni bo'ladi. Biroq harakat qilib ko'rsak bo'ladi", - dedi Pioli.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar