So’nggi yangiliklar

14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  0 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  0 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  4 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  1 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  0 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  1 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  4 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  3 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  11 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  5

Stefan Tarkovich: "Ikkinchi qizil kartochkadan keyin o'yin nima bilan yakunlanishi malum bo'lib qolgandi" Yangiliklar

Stefan Tarkovich: "Ikkinchi qizil kartochkadan keyin o'yin nima bilan yakunlanishi malum bo'lib qolgandi"

Osiyo kubogi ikkinchi turidan o'rin olgan Qirg'iz Respublikasi va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng qo'shnilarimiz bosh murabbiyi Stefan Tarkovich matbuot anjumanida qatnashdi va mag'lubiyatga izoh berdi.

- Janob murabbiy, o'yin haqidagi fikrlaringiz qanday?

- Saudiya Arabistoniga qarshi o'ynash doim qiyin bo'lgan. Rejalarimiz buzilib ketdi. Ikkinchi qizil kartochkadan keyin o'yin nima bilan yakunlanishi malum bo'lib qolgandi. SHunchaki, hisob qanday bo'lishi nomalum edi, xolos. Bugun jamoa sifatida yaxshi harakat qildik.

- Qizil kartochka ko'rsatilgan ikki holat bo'yicha fikringiz qanday? Bugungi o'yinda yuz bergan holatlarni inobatga olsak, Saudiya Arabistoniga 2:0 hisobida mag'lub bo'lishni yaxshi holat deb hisoblasa bo'ladimi?

- Qizil kartochkalar hakamlarning ishi. Mening vazifam o'z o'yinimizni tahlil qilish. Ikkinchi qizil kartochkadan keyin shunchaki o'yinni tugatib olish kerak edi. Biz yomon harakat qilmagandik, ammo yutqazdik.

- Bugungi o'yindan keyin Saudiya terma jamoasining aynan qaysi jihatini eng kuchli deb atagan bo'lardingiz?

- Saudiya Arabistonining O'monga qarshi uchrushuvini analiz qilgandik. Raqibning eng kuchli tarafi o'yin uslubida. Ular hujum paytida qanotlarni tez almashtirishadi. Bo'sh zonalar ochishda juda faol harakat qilishadi. Bir qanotdan boshqasiga beriladigan uzatmalar bo'yicha ham Saudiya Arabistoni o'ta kuchli.

- Evropa futbolida faoliyat olib borgan mutaxassis sifatida sizni Osiyo va Qirg'iziston futboli o'ziga nimasi bilan jalb qildi?

- Osiyo futboli Evropadan farq qiladi. Menga Qirg'iziston terma jamoasini qaytadan qurish vazifasi topshirilgan. Biz shu yo'lda harakat qilyapmiz. O'yinchilarimiz bu turnirda tajriba to'plashmoqda. Qirg'izistonliklar mentalitetida oxirigacha kurashish bor. O'monga qarshi o'yinga bor etiborimizni qaratamiz. Sababi, bizda hali ham keyingi bosqichga chiqish imkoniyati saqlanib turibdi.

- Bugun to'pga ilk teginishdayoq Qirg'iziston termasi futbolchilari o'ta keskin harakat qilishdi. O'yin davomida ikkita qizil kartochka olindi. Jamoani o'yinga tayyorlashda ularni keragidan ortiq ruhlantirib yubormadingizmi?

- Bunday deb o'ylamayman. Saudiya Arabistoniga qarshi boshqacha o'ynab bo'lmasdi. Agressiv o'yinchilarni biz maydonda boshqara olmaymiz. Ular baribir o'zlari istagan ishni qilishadi. Biz pressing ostida o'ynashimizni bilardik. Yakunda, o'yin shu scenariy bo'yicha o'tdi.

- Maydonga tushirilgan o'yinchilar haqida gapira olasizmi? Ularning aksariyati terma jamoada deyarli o'ynashmagandi...

- Jamoamiz endi qurilmoqda. Bu jarayon ancha vaqt oladi. Tarkibdagi futbolchilar mening nazarimda mamlakatdagi eng yaxshi o'yinchilardir. Zaxiradagi o'yinchilarga bugun imkoniyat berishga qaror qildim. Ularga qachondir imkoniyat taqdim qilinishi shart edi. SHundagina, biz keyingi safar ular qanday harakat qilishlari mumkinligini bila olamiz.

- Bugun Saudiya Arabistoni qanday kuchga ega ekanligini ko'rdingiz. Bu terma jamoa Osiyo kubogida chempion bo'la oladimi?

- Men Saudiya Arabistonini turnir favoritlaridan biri deb bilaman. Manchini jamoani yaxshi tayyorlaganini takidlashim kerak. CHempionlikka kelsak, bu pley-offdagi raqiblar qanday qarshilik ko'rsatishiga bog'liq.


J.I

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика