So’nggi yangiliklar

09:04"Манчестер Сити" футболчиси: "Хусановдан ўтиб кетиш жуда қийин"  1 08:43Трансфермаркт Туркия чемпионатининг янгиланган нархларни эълон қилди. Ҳамюртларимизда пастлаш  5 08:20SofaScore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 03:00Испания кубоги. "Реал Мадрид" Талавера"ни бироз қийинчилик билан енгиб, кейинги босқичга йўл олди  9 02:25Англия лига кубоги. Ҳусанов тўлиқ ҳаракат қилган ўйинда "Манчестер Сити" "Брентфорд"ни мағлубиятга учратиб, ярим финалга йўл олди  21 01:20УЕФА мухлисларнинг хатти-ҳаракатлари учун "Бавария"ни жазолади  1 01:05Испания кубоги. "Атлетико Мадрид" меҳмонда "Атлетико Балеарес" устидан ғалаба қозонди  0 00:48ПСЖ "Фламенго"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратиб, ФИФА Қитъалалара кубогини қўлга киритди!  15 00:22МЮ Марокаш устидан ФИФАга шикоят қилди  2 23:52"Барселона" "Айнтрахт"дан мухлислар етказган зарарни қоплашни талаб қилмоқда  1 23:23Ўзбекистон U-17 терма жамоаси даврозабони "Андижон"га ўтмоқда  2 22:58Туркия кубоги. "Ризеспор" "Газиантеп"ни йирик ҳисобда таслим этди. Алиқулов 72 дақиқа ўйнади  0 22:25Кейн Бундеслигада Левандовскининг рекордини янгилаш ҳақида гапирди  0 21:58"Максфилд Таун"нинг 21 ёшли футболчиси ЙТҲда ҳалок бўлди  0 21:2938 ёшли Суарес "Интер Майами" билан шартномасини бир йилга узайтирди  0

Srechko Katanec: "Terma jamoada nimalar qilganimizni va qanday yutuqlarga erishganimizni bilishingiz kerak" Yangiliklar

Srechko Katanec: "Terma jamoada nimalar qilganimizni va qanday yutuqlarga erishganimizni bilishingiz kerak"

Biroz avval Srechko Katanec O'zbekiston milliy terma jamoasi boshqaruvini tark etgani elon qilindi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec sog'lig'i bilan bog'liq muammolar sababli O'zbekiston futbol associaciyasi bilan tuzilgan shartnomani o'zaro rozilik bilan bekor qilishga qaror qildi. Ushbu xabarlardan so'ng saytimiz jurnalisti Abdulvosit Bektemirov sloveniyalik mutaxassis bilan bog'landi.


- Salom, janob Srechko. Bezovta qilganim uchun uzr, lekin ushbu damlarda sizga kuch va matonat tilayman. Ishonamanki, siz bu qiyinchilikni muvaffaqiyatli engib o'tasiz. Siz bilan ishlash ancha qiziqarli bo'ldi. Terma jamoamiz o'yinlari orqali o'zbek xalqini xursand qilish uchun chin dildan mehnat qilganingizni qadrlayman. 

Ishonchim komilki, biz mundialga yo'l olamiz va siz O'zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi debyut uchrashuvini tribunadan kuzatasiz. 

O'zbekiston terma jamoasidagi faoliyatingiz haqida bir nechta savollarim bor edi. Ushbu savollarga javob bera olasizmi?

- Salom. Barcha tilaklaringiz uchun rahmat. Savollarga kelsak, biz nimalarga erishganimiz va undagi mening tutgan o'rnim haqida gapirishim shart emas. Siz terma jamoada nimalar qilganimizni va qanday yutuqlarga erishganimizni bilishingiz kerak. Men shunchaki O'zbekistondagi barcha insonlarga salom yo'llayman, men uchun terma jamoa murabbiyi bo'lish katta sharaf va baxt edi. Barchaga omad va yaxshilik.



Breaking! Srechko Katanec O'zbekiston MTJni tark etdi

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика