So’nggi yangiliklar

00:30Суперлига. "Динамо" – "Андижон" 2:0  0 00:25U-17 Жаҳон чемпионати. Хорватия - Ўзбекистон 1:1 (пенальтилар 3:4)  1 00:20Хорватия U-17 бош мураббийи: "Пенальти лоторея эмас. Ўсмирларни йиғлаб турган ҳолатда кўриш оғир"  5 23:42Ўртоқлик ўйинлари. Бразилия Сенегални, Чили эса Россияни мағлуб этди  0 22:57U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди  259 22:37"Барселона", "Бавария" ва "Манчестер Юнайтед" Влахович атрофидаги вазиятни кузатиб бормоқда  2 21:28ЖЧ саралаши. Қозоғистон ўз уйида Бельгия билан дуранг ўйнади  16 21:21Ўзбекистон МТЖ. Алижонов бугунги машғулотда иштирок этмади  5 21:06U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/8 финалга чиқса асосий ҳимоячимиз майдонга туша олмайди  8 20:50Максим Шацких: "Ҳаммасига ўзим айбдорман"  12 20:47Вадим Абрамов: "Чемпионат тугашига иккита тур қолганида масъулиятни тўлиқ ҳис қилиб турибмиз"  6 20:30Хорватия - юлдузлар фабрикаси. Бу жамоани 12 йил олдин мағлуб этганмиз  2 19:49"Пахтакор" — "Насаф". Терма жамоадаги ўйинчилар баҳсга бир кун қолганда келишади  9 19:26U-17 ЖЧ. Хорватия — Ўзбекистон ўйини учун ҳамюртларимиз таркиби маълум, Сарсенбаев асосий таркибда  11 17:53Суперлига. 21-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо" "Андижон"ни мағлуб этди  34

Srechko Katanec: "Safdan chiqqan o'yinchilar o'z klublaridan jarohat bilan kelishgandi. Nasrullaev ertaga o'ynamaydi" (to'liq matbuot anjumani) Yangiliklar

Srechko Katanec: "Safdan chiqqan o'yinchilar o'z klublaridan jarohat bilan kelishgandi. Nasrullaev ertaga o'ynamaydi" (to'liq matbuot anjumani)

Osiyo kubogi 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston va Avstraliya terma jamoalari o'rtasidagi o'yindan oldin milliy jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanec va Odiljon Xamrobekov matbuot anjumanida qatnashishdi.

- Murabbiyning o'yin haqidagi fikrlari qanday?

- Hech qanday ortiqcha gap yo'q. Biz o'yinga tayyormiz.

- Odiljon, Avstraliyaga qarshi o'yin haqida fikringiz qanaqa?

- Musobaqa yuqori saviyada o'tmoqda. Kutilmagan natijalar kuzatilmoqda. Ertangi o'yinga kelsak, Osiyoda o'zining o'rniga ega jamoaga qarshi maydonga tushamiz.

- Janob murabbiy, Avstraliya termasi tartibli, yaxshi shakllangan jamoa. SHu bilan birga, Avstraliya yaxshi himoyalanadigan terma, biz ham birinchi navbatda himoyani o'ylaymiz. SHu jihatdan olib qaralsa, ertangi o'yin biroz zerikarli o'tishi mumkinmi?

- Bilasizmi, Avstraliyaning raqiblari ikkala o'yinda ham to'liq himoyalanishdi. Ertaga biz bunday o'yin ko'rsatmaslikka harakat qilamiz. To'g'ri takidladingiz, Avstraliya yaxshi shakllangan jamoa. Ular standart vaziyatlarda, burchak zarbalarida juda kuchli. SHu kabi holatlarda ehtiyotkor bo'lishimiz kerak. Umuman olganda, hammasi joyida. Men uchun hayron qoladigan hech narsa yo'q. Ertaga tarkibimizda biroz o'zgarish bo'ladi.

- Janob murabbiy, boshqa guruhlarda kuzatilayotgan natijalardan kelib chiqib, o'z guruhingizda qaysi o'rinni egallashni afzal ko'rasiz?

- Umuman olganda, bizga raqibning ahamiyati yo'q. Tajribamda shunday vaziyatlar bo'lgan. Oxirgi Osiyo kubogida aynan shunday vaziyatga tushganman. Biz o'z o'yinimizni ko'rsatamiz. Bitta o'yindan keyin juda ko'p narsa o'zgarib ketishi mumkin. Futbolchilardan doim professional bo'lishlarini so'rayman. Hozirgi kunda istalgan jamoa bizga jiddiy raqib sifatida qaraydi.

- Odiljon, hozirda terma jamoa futbolchilarining ruhiy holati qanday? Biz hech qachon Avstraliyaga gol urmaganmiz. Bu haqda ko'p joyda yozilyapti...

- Jamoaning kayfiyati yaxshi. Har bir narsani yaxshi yoki yomon tarafi bo'lishi mumkin. Bu narsa faqat statistika. Ertaga bu statistikaga nuqta qo'yish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.

- Savolim murabbiyga. Tarkibda yo'qotishlar yo'qmi? SHerzod Nasrullaevning holati qanday?

- SHerzod ertangi o'yinni o'tkazib yuboradi.

- Avstraliyaga qarshi o'yinda bir ochko ham keyingi bosqich uchun etarli bo'lishi mumkin. SHunday holatda jamoani g'alaba qozonish uchun qanday ruhlantira olasiz?

- Menda hech qanday bosim yo'q. Keyingi bosqichga chiqish ehtimolimiz 90 foizga teng. Ertaga bor kuchimiz bilan g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Faoliyatimdagi barcha o'yinlarda futbolchilarga faqat g'alaba qozonish haqida ko'rsatmalar berganman.

- Odiljon, turnirda kutilmagan natijalar kuzatilayotgani haqida gapirdingiz. Bu jamoalarning osonroq raqibga tushish uchun qilayotgan taktik harakati emasmikan? O'zbekistonda ham shunga o'xshash reja bormi?

- Bunday nufuzli musobaqadan oldin har bir terma jamoa o'z oldiga yuqori natija qo'yadi. Hozirgi futbolda nisbatan kuchsizroq jamoalar kuchliroq termalarga katta qarshilik ko'rsatmoqda. Maydonda harakat qilayotgan futbolchida durang yoki qulayroq natija qayd etish haqida o'ylashga vaqt ham bo'lmaydi.

- Avstraliya terma jamoasi murabbiyi ertaga gol o'tkazmaslik asosiy vazifalarimizdan biri deb aytib o'tdi. Bu fikrga qanday qaraysiz?

- Raqib jamoa murabbiyi bildirgan fikrni hurmat qilaman. Ertaga nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Taktik jihatdan Avstraliya qanday o'ynashi haqida menda malumot yo'q. Bundan tashqari, Avstraliya ertangi o'yinning istalgan daqiqasida o'z taktikasini o'zgartirishi mumkin.

- O'zbekiston terma jamoasining Osiyo kuboklaridagi ishtirokiga nazar solsak, hech qachon bu kabi ko'p jarohatlar bo'lmagan. Bu shunchaki omadsizlikmi yoki qaerdadir xato qilyapmizmi?

- Buni terma jamoaga aloqasi yo'q. Masalan, Alijonov o'z klubida jarohat olgandi. Hojiakbarning jarohati qanchalik jiddiyligi borasida bizda etarli malumot bo'lmagan. Alijonovning jarohati o'shandayoq jiddiy bo'lgani keyin malum bo'ldi. SHerzod Nasrullaev ham terma jamoaga muammo bilan etib kelgandi. Nasrullaev keyingi o'yingacha safga qaytadi. SHuni takidlab o'tish joizki, safdan chiqqan o'yinchilar terma jamoada jarohat olishmadi, aksincha, ular o'z klublaridan eski jarohat bilan kelishgandi.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика