Srechko Katanec: "Bu erda kim xo'jayin ekanligini ertaga ko'rsatishimiz kerak" (to'liq)
04 sen 13:45
Yangiliklar
Srechko Katanec: "Bu erda kim xo'jayin ekanligini ertaga ko'rsatishimiz kerak" (to'liq)
Uning ikkinchi qismida terma jamoamiz ustozi Srechko Katanec hamda sardorimiz Eldor SHomurodov qatnashdi. Quyida anjumanning to'liq variantini o'qishingiz mumkin.
- Barchaga salom. Terma jamoamizda hozircha barchasi yaxshi, futbolchilar sog'lom. O'yinchilarimiz ertangi bahsga yuz foiz tayyor. Futbolchilar etiborini bir joyga jamlashgan va bu meni xursand qilmoqda. Ertaga albatta g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz.
Eldor SHomurodov:
- Nihoyat ushbu kunlar keldi. Buni uzoq vaqt kutdik. Barcha o'yinlarga tayyor. Maqsadimiz bor va u uchun borimizni beramiz.
Eldor SHomurodovga:
- Bundan avval ikki marotaba Jahon chempionati saralashida ishtirok etgansiz. Bu safar uchinchi saralash ciklida ishtirok etmoqdasiz. Avvalgi saralashlardan bu safargisi siz uchun nimasi bilan farq qiladi va avvalgi bosqichlardan nima saboqlar chiqarsak bo'ladi?
- Bundan avvalgi saralashlarda yosh futbolchi bo'lganman. Terma jamoada tajribali, etakchi futbolchilar ko'p edi. Bu safargisi biroz boshqacharoq, sababi bu safar men terma jamoa sardoriman va o'sha tajribali futbolchi menman. Endi ko'p yuk mening elkamga tushadi. Tajribali futbolchilardan o'rgangan narsalarimizni endi qo'llaymiz. Avvalgi Jahon chempionati saralashlarida bir nima etishmagani sabab, biz mundialga chiqa olmaganmiz. Ayni damda, bir oila bo'lib vazifani bajarishimiz kerak.
- Zich taqvim sabab, uchinchi saralash bosqichini o'rtoqlik o'yinlarisiz boshlayapmiz. SHu haqda fikr bildirib o'tsangiz. Terma jamoaning hozirgi holati qanday?
- KXDR va bizning o'rtamizda farq shundaki, KXDR terma jamoasi yig'in tashkil eta oldi va o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazdi. Biz uch yildan beri birgamiz va barcha futbolchilar nimani maqsad qilganimizni juda yaxshi bilishadi. Futbolchilar terma jamoa ixtiyoriga bir xil holatda etib kelgani yo'q, qaysidir futbolchilar ko'proq o'ynamoqda, qaysidir futbolchi esa kamroq. O'yinchilar dushanba kuni terma jamoa bilan shug'ullanishni boshladi. Ikkita mashg'ulot o'tkazdik, bugun rasmiy mashg'ulotda ishtirok etamiz va ertaga o'yin, lekin futbolchilar nima qilishni juda yaxshi bilishadi. SHuningdek, juda ko'p xohish ham yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Bu shunchaki ortiqcha bosim xolos. Motivaciyaning ko'payib ketishi yoki umuman bo'lmasligi ham yomon. O'z ishimizni bajarishda davom etishimiz kerak, KXDR ham bekorga so'nggi bosqichga qadar etib kelmagan.
- O'zbekiston terma jamoasi bunga qadar hech qachon bunday tizimli tayyorgarlik ko'rmagan. Biz uch yildan beri bir maqsadga erishish uchun ishlab kelmoqdamiz. Bu vaqt ichida tarkibimizda o'zak tashkil qilindi. Nima deb o'ylaysiz, ushbu o'zak yaqin kelajakda o'zgarishi mumkinmi? Masalan, Jahon chempionatiga chiqsak, ayni damdagi tarkibimizda o'zgarishlar bo'lishi mumkinmi?
- Biz Jahon chempionatiga chiqishga ulgurdik (kuladi). Ertaga nima bo'lishini bilmayman va shu sababli kelajak haqida bir nima deyish noto'g'ri. Ertangi uchrashuvda yaxshiroq o'yin namoyish etishga harakat qilaylik.
- Ertangi uchrashuvda tarkibda o'zgarishlar kuzatilishi mumkinmi? Qaysi futbolchilar qanday holatda ekanligini ayta olasizmi?
- Barchasini ertaga bilib olasiz. OAV oldida qaysidir futbolchim bunday holatda deb aytib o'tishim noto'g'ri va shu sababli ushbu savolingizga javob bera olmayman, afsuski.
Eldor SHomurodovga:
- Olimpiya o'yinlarida biroz o'yiningiz qovushmadi. Ertangi uchrashuvda maydonga tushib barchasini isbotlayman degan hissiyot sizda bormi?
- Albatta. O'zbekiston terma jamoasiga chaqirilganimda har doim eng yuqori xohish bilan o'ynaganman. Esimni taniganimdan beri barcha insonlarning orzusi - O'zbekistonimiz Jahon chempionatiga chiqishi. Bu barchamizning orzumiz va ushbu orzuni amalga oshirish uchun borimizni beramiz.
- KXDR terma jamoasini o'rganish uchun ixtiyoringizda oldingi saralash bosqichidagi uchrashuvlar va yaqinda o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvlari bor edi. So'nggi o'rtoqlik uchrashuvlarida KXDR aynan O'zbekiston terma jamoasiga qarshi tayyorgarlik ko'rgan. Ushbu uchrashuvlarning tahlili davomida KXDR terma jamoasida qanday o'zgarishlarni sezdingiz?
- To'g'risini aytsam, KXDRni tahlil qilish oson vazifa emas ekan. Sababi, ular juda ko'p rotaciyaga qo'l urishadi. Yaponiyaga qarshi uchrashuvda boshqa tarkib, Suriyaga qarshi esa boshqa tarkib maydonga tushirilgan, aniqrog'i 4ta o'zgarish bo'lgan. Jamoa murabbiy nima istayotganini juda yaxshi bilar va murabbiy ko'rsatmalarini yaxshi bajarar ekan. Himoyada yuqori intizom bor. Raqibimiz asosan, qarshi hujumlarga tayangan holda o'yin olib boradi. Keling, o'zimiz haqimizda ko'proq qayg'uraylik, biz kuchliroq jamoamiz va biz o'z uyimizda o'ynamoqdamiz. Bu erda kim xo'jayin ekanligini ko'rsatib qo'yish kerak".
KXDR bosh murabbiyi: "Neytral maydonda o'ynash qo'shimcha ustunlik bermaydi"
Fikrlar
Жалол хар доимгиде эгоистлиги кимасдан дружный коллектив булиб уйнашса агар хаммаси 5 булади