So'nggi 20 yil ichida ilk bor Janubiy Amerika terma jamoasi JCHda g'olib chiqdi
19 dek 2022 10:30
Yangiliklar
So'nggi 20 yil ichida ilk bor Janubiy Amerika terma jamoasi JCHda g'olib chiqdi
Asosiy vaqtda 3:3 hisobidagi natijadan so'ng penaltilar seriyasida franciyaliklarni mag'lub etgan Argentina terma jamoasi 2022 yilgi Jahon chempionati g'olibiga aylandi.
Bu "albiseleste" uchun uchinchi jahon chempionligidir. SHuningdek, bu Janubiy Amerika vakili uchun so'nggi 20 yildagi birinchi jahon chempionati oltini – 2002 yilda Braziliya jahon chempioni bo'lgan.
Evropa hamon etakchilikni saqlab qolgan. Qadimgi dunyo vakillari 12 marta jahon chempioni bo'lishdi – Italiya va Germaniya to'rt marta oltin olgan bo'lsa, Franciya ikkita, Angliya va Ispaniya bittadan g'oliblikka ega. Janubiy amerikaliklar uchun bu o'ninchi yubiley kubok edi. Braziliya besh marta, Urugvay ikki marta jahon chempioni bo'lgan va bu Argentina uchun uchinchi chempionlik unvoni sanaladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar