Son Xyon Min jarohatiga qaramay, jahon chempionatida ishtirok etadi
09 noy 2022 20:41
Yangiliklar
Son Xyon Min jarohatiga qaramay, jahon chempionatida ishtirok etadi
"Tottenxem" yarim himoyachisi Son Xyon Min ko'zidan jarohat olganiga qaramay, 2022 yilgi jahon chempionatida Janubiy Koreya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
30 yoshli futbolchi CHempionlar ligasi guruh bosqichi 6-turidan o'rin olgan "Marsel"ga qarshi o'yinda (2:1) ko'zidan jarohat olgandi va 5 noyabr kuni operaciya qilindi.
“Men uni butun dunyo uchun o'tkazib yubormayman. Go'zal yurtimni tanitishni sabrsizlik bilan kutyapman, tez orada Qatarda ko'rishguncha!" — deb yozdi koreyalik vinger ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Son joriy mavsum “Tottenxem” safida 19 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
JCH-2022 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo'lib o'tadi. Janubiy Koreya terma jamoasi Urugvay, Gana va Portugaliya bilan bir guruhdan joy oladi. Koreyaliklar ilk o'yinni 24 noyabr kuni Urugvayga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar