Rasman: O'zbekiston MTJning darvozabonlar bo'yicha sobiq murabbiyi OKMKda ish boshladi
26 dek 2025 19:13
Yangiliklar
Rasman: O'zbekiston MTJning darvozabonlar bo'yicha sobiq murabbiyi OKMKda ish boshladi
"Yangi mavsum oldidan jamoani yanada kuchaytirish va murabbiylar shtabi faoliyatini takomillashtirish maqsadida "konchilar" tarkibida muhim yangilanish amalga oshirildi. Mamlakatimiz futbol ixlosmandlariga yaxshi tanish bo'lgan Denis Aleksandrovich Ivankov rasman OKMK FK murabbiylar shtabi azosiga aylandi.
2004 yildan buyon murabbiylik faoliyatini olib borayotgan 53 yoshli tajribali mutaxassis shu kunga qadar "Kimyogar", "Mashal", "Paxtakor", "Nasaf", "Neftchi", "Knyaja" (Ukraina) klublari hamda O'zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida samarali faoliyat yuritgan. Endilikda, OKMK FK va murabbiy o'rtasida 2 yillik shartnoma imzolandi", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.


Avvalroq O'zbekiston MTJ sobiq murabbiyi faoliyatini OKMKda davom ettirishi haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar