So’nggi yangiliklar

18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 1:0 (матнли трансляция)  6 17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  9 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  11 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6

"So'g'diyona" oxirgi marta "Lokomotiv"ni qachon mag'lub etgandi? Yangiliklar

"So'g'diyona" oxirgi marta "Lokomotiv"ni qachon mag'lub etgandi?

Superliganing 18-turi doirasida “Lokomotiv” Jizzaxda “So'g'diyona” jamoasi mehmoni bo'ladi.

Takidlash joizki, mazkur jamoalarning o'zaro uchrashuvlari hamisha qiziqarli va sermahsul tarzda kechib keladi.

“So'g'diyona” va “Lokomotiv”ning o'zaro ilk uchrashuvi 2004 yilda o'tkazilgan. O'shanda JAR stadionida kechgan bellashuvda “temiryo'lchilar” jamoasi 3:0 hisobida zafar quchishgan. Umumiy hisoblaganda mazkur ikki klub milliy chempionatlarimiz tarixida shu paytgacha 21ta o'yin o'tkazishgan. O'zaro bellashuvlarning 16tasida “qizil-yashillar” g'alaba qozongan. Jizzaxliklar esa faqat 2 bor zafar quchishgan. Yana 3ta o'yin durang bilan yakunlangan.

“Loko” futbolchilari ushbu raqib darvozasini umumiy hisobda 54 marta ishg'ol etishgan va o'z darvozasidan 11ta gol o'tkazib yuborishgan. “Lokomotiv”ning “So'g'diyona” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g'alabasi 7:0ni tashkil etadi.

Yana bir diqqatga sazovor jihat shundan iboratki, “Lokomotiv” bugungi raqibiga so'nggi marta 2008 yilda 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan. O'shandan buyon “Loko” hech bir o'yinda “So'g'diyona”ga imkoniyatni boy bermay kelmoqda. Demak, “So'g'diyona” “Lokomotiv”ni 10 yildan buyon mag'lub eta olmayapti.

Fakt: “Lokomotiv” safarda o'tgan so'nggi 5 uchrashuvining 3tasida g'alabaga erishgan.
“So'g'diyona” o'z maydonida o'tkazgan so'nggi 5 o'yinining faqatgina bittasida 3 ochkolik bo'lgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика