So’nggi yangiliklar

00:49"Хвича икки йилдан сўнги Англия ёки "Реал"га йўл олади. Бошқалар унинг учун тўлай олишмайди"  0 23:45Миллатлар лигаси. Испания, Польша ва Португалия жамоалари иштирокида ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  4 23:28"Ал Ҳилол" келаси йили Винисиус Жуниорни харид қилмоқчи  3 22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  2 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0 21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  3 20:55Суперлига. "Навбаҳор" 14-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо"дан устун келди  35 20:26Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:49"Манчестер Сити"нинг машҳур спорт директори клубни тарк этяпти  4 19:18Кроос "Реал"га қайтяпти  3 18:45Ўзбекистон терма жамоасининг машғулоти Сречко Катанец назорати остида ўтади  43 18:25Про лига. Бешимовнинг голи "Қўқон-1912"га ғалаба тақдим этди  2 17:26Пранкер ўйиндан олдин МЮ кийиниш хонасига эшитиш мосламаси ўрнатди  4 16:29Коул Палмер: "Месси ёки Роналду?"  13

“So'g'diyona” ning navbatdagi raqibi “Metallurg” Yangiliklar

“So'g'diyona” ning navbatdagi raqibi “Metallurg”

Oliy liganing 25-turida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi o'z maydonida Bekobodning “Metallurg” klubini qabul qiladi.

USHBU MAVSUMDA

Birinchi davrada 10-turida “So'g'diyona” Bekobodda  “Metallurg”ga qarshi bahs olib borgan edi. Ushbu bahsda Islom Qobilov 9 daqiqada hisobni ochgan edi. O'yinning 21 daqiqasida Dostonbek Tursunov hisobni 2:0 ko'rinishiga olib keldi.52  daqiqada Islom Qobilov to'pni qo'li bilan o'ynadi deb topildi. Bosh hakam Zokir Qodirov penalti belgiladi. Penaltini esa G'ulom O'runov aniq amalga oshirgan edi – 2:1. 54 daqiqada Jahongir Abdumo'minov hisobni 3:1 ko'rinishiga olib kelgandi va shu tariqa jamoamiz mag'lubiyatga uchragan edi.

“So'g'diyona” o'tgan turda Muborakda “Mashal” ga qarshi bahs olib borgan edi va bahsda hisob ochilmagan.“Metallurg” o'z o'yinda “Bunyodkor”ni mag'lub eta olmadi va 1:1 hisobida o'yin yakunlangan.

 “Metallurg” 31 ochko bilan turnir jadvalida  10-o'rinni band etib turgan bo'lsa, “So'g'diyona” 25 ochko bilan 13-o'rindan joy olgan.

O'YINI  VLADISLAV CEYTLIN  BOSHQARADI


O'yiini Vladislav  Ceytlin boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Alisher Usmonov va Timur Gaynullinlar yordam beradi. Zahiradagi hakam Firdavs Norsafarov. Nazoratchi: Gali Imomov.  O'zPFL vakili: Bobur  Haydarov

O'ZARO USTUNLIK

“So'g'diyona” hamda “Metallurg”  klublari oliy ligada shu kungacha 31 bor kuch sinashishgan.“So'g'diyona” hisobida 12 ta, “Metallurg” hisobida ham 12 ta g'alaba mavjud. 7 o'yinda  durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik jizzaxliklar tomonida:  45:43. “So'g'diyona” ham “Metallurg” o'zaro o'yinlarda 43 ochkonidan  qo'lga kiritgan. “So'g'diyona”ning eng yirik g'alabasi 4:0, “Metallurg”ning eng yirik muvaffaqiyati  4:2.


“So'g'diyona” maydonida o'tgan barcha uchrashuvlar:

03.08.2016 So'g'diyona - Metallurg 0:0
18.04.2015 So'g'diyona - Metallurg 0:0
26.09.2014 So'g'diyona - Metallurg 5:4
05.10.2013 So'g'diyona - Metallurg 2:1
13.08.2011 So'g'diyona - Metallurg 3:1
12.09.2009 So'g'diyona - Metallurg 3:2
25.10.2008 So'g'diyona - Metallurg 1:2
28.06.2006 So'g'diyona - Metallurg 1:0
10.04.2005 So'g'diyona - Metallurg 0:0
30.10.2004 So'g'diyona - Metallurg 1:0
03.08.2002 So'g'diyona - Metallurg 0:2
27.05.2001 So'g'diyona - Metallurg 4:0
02.11.2000 So'g'diyona - Metallurg 2:1
28.08.1999 So'g'diyona - Metallurg 3:3
19.09.1998 So'g'diyona - Metallurg 1:0

O'ZARO O'YINLAR HAQIDAGI FAKT:

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Jizzaxdagi 15 ta o'yindan 9 tasida “So'g'diyona”, 2 tasida “Metallurg”  g'alaba qozongan. 4 ta o'yinda durang natijasi qayd etilgan.

O'YIN VAQTI VA JOYI.

Yoshlar ligasi bahsi 19 oktyabr kuni soat 15:00 da “So'g'diyona” qarorgohida bo'lib o'tadi. Asosiy tarkib uchrashuvi 20 oktyabr kuni 17:00 da “So'g'diyona” stadionida bo'lib o'tadi.

“METALLURG”DAGI  TANISH FUTBOLCHILAR:


“Metallurg” tarkibida hozirgi kunda to'p tepayotgan Murod Toshmatov, Ayubxon No'monov va Islom Isoqjonovlar 2013, 2014 va 2015 yillarda “So'g'diyona” sharafini himoya qilgan va bo'lajak uchrashuvda ular sobiq jamoadoshlariga qarshi bahs olib borishadi.

 “So'g'diyona” matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика