Luis Enrike PSJda ortiqcha futbolchilarni zaxiraga yubordi - Asensio, Soler va Shkrinyar klub izlamoqda
18 iyu 2025 08:00
Yangiliklar
Luis Enrike PSJda ortiqcha futbolchilarni zaxiraga yubordi - Asensio, Soler va Shkrinyar klub izlamoqda
Franciya grandi PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jamoaga ijaradan qaytgan bir qator futbolchilarni asosiy tarkib rejalaridan chiqarib, zaxira jamoasi bilan mashg'ulot o'tkazishga yubordi.
Manba malumotiga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis o'zining kelgusi rejalarida Marko Asensio, Karlos Soler va Milan Shkrinyar kabi futbolchilarni ko'rmagan. Shu bois ularni yangi klub topilguncha kam xavfli, engil mashg'ulotlar olib boriladigan zaxira tarkib safida qoldirishga qaror qilingan.
Malumot uchun, 28 yoshli Karlos Soler o'tgan mavsumni “Vest Xem” safida ijara asosida o'tkazgan va hozirda “Vilyarreal”ga o'tishga yaqin turibdi. 29 yoshli Asensio so'nggi yarim mavsumni Angliyaning “Aston Villa” jamoasida o'tkazgan bo'lsa, 30 yoshli slovak himoyachi Milan Shkrinyar “Fenerbaxche” safida to'p tepgan.
Asensio va Shkrinyarning turk klubi bilan aloqalari mustahkamlanmoqda — ularning faoliyati Turkiyada davom etishi ehtimoli yuqori.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar