So’nggi yangiliklar

15:40Тошкент футболи — 100 ёшда  0 15:18МЮ истеъдоди атрофида ажиотаж: 12 та клуб у учун саф тортди  1 14:50Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячисини мақтади  1 14:22Ла Лигада навбатдаги истеъфо  0 13:53Ван Дейк Салоҳ билан суҳбати ҳақида гапирди  2 13:24"Эмери эффекти": "Астон Вилла" клуб рекордини ўрнатди  9 12:56Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади  14 12:28Мадрид клуби "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини кузатмоқда  2 11:57Ўзбекистоннинг икки гранди МТЖ аъзосига қизиқмоқда  16 11:31Водий клуби "Нефтчи" легионерига кўз тикди  4 10:44Педри Мессининг 15 йил аввал ўрнатган рекордини янгилади  2 10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  2 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  3 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  3 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  4

Diyor Imomxo'jaev: "Faqat xato qilgan hakam emas, klub ham jazolanishi kerak" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "Faqat xato qilgan hakam emas, klub ham jazolanishi kerak"

"90minutuz" podkastining navbatdagi sonida Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo'jaev mehmon bo'ldi.

U 2024 yildagi hakamlik bilan bog'liq voqealarni unutolmasligi va aybdorlarning barchasi jazolanishini kutayotganini bildirdi. 

"Hakamlik va uning atrofidagi munosabat bo'yicha juda ko'p fikrlarim bor. Biroq efirda bildirishni xohlamayman. Aytishim mumkin bo'lgan narsa, menga ikki marta hakamlarga javobgarlikni taklif etishgan, men esa rad etganman.

O'tgan yili ham nimadirlar bo'lgan bo'lsa, qaysi biridir ataylab qilinmaganiga siz kafolat berolmaysiz-ku. Bu juda og'ir mavzu. Kimdir menga hakamlik haqida yozsa, jahlim chiqib ketadi. Oldingiga nisbatan xotirjam odamga aylanganman. Ammo hakamlik bo'yicha kamchiliklarni mendan so'rashlari yoqmaydi. Meni Liga rahbari sifatida taniysiz, men biror marta tayinlovlarga aralashmaganman. 

Men talab qiladigan yagona narsa – xato qilgan odamning jazolanishi. Jazolanganda faqat hakam emas, klub ham jazo olishi kerak. Etika qo'mitasining oxirgi yig'ilishida hakamlik masalasi ko'rib chiqilgan. Bundan PFLning ko'ngli to'lmagan va qayta shikoyat kiritgan. Ish qayta ko'rib chiqilib, tomonlar tegishli jazosini olishi lozim. Kutib o'tibmiz hozir.

Kimlar uchundir 2024 yilgi bu mavzu unutilgandir, bundan manfaatdor tomonlar bor. Biroq men uchun tugamadi, buni unutishni xohlamayman", – dedi Imomxo'jaev.

"90minutuz" podkasti to'liq holda:

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика