So’nggi yangiliklar

02:00АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1 (матнли трансляция)  9 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  23 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:56"Реал" — "Эльче". Таркиблар маълум  3 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  2 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  1 21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  14 20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  2 20:05Ислом Исмоилов: "Финалда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади" (тўлиқ матбуот анжумани)  21

APL. "Vest Xem" - "Manchester Siti" 1:1 (matnli translyaciya) Yangiliklar

APL. "Vest Xem" - "Manchester Siti" 1:1 (matnli translyaciya)

APL 30-tur doirasidagi "Vest Xem" - "Manchester Siti" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

APL. "Vest Xem" — "Manchester Siti" 1:1

Gollar: 31 - Bernardu Silva, 35 - Konstantinos Mavropanos

"Vest Xem": 1. Mads Xermansen, 29. Aaron Van-Bissaka, 25. Jan-Kler Todibo, 4. Aksel Disasi, 15. Konstantinos Mavropanos, 12. El-Xaji Malik Diuf, 18. Mateush Fernandesh, 28. Tomash Souchek, 20. Djarrod Bouen, 11. Valentin Kastelyanos (17. Adama Traore, 74'), 19. Pablo (27. Sungutu Magassa, 64').

Zaxira: 23. Alfons Areola, 2. Kayl Uolker-Piters, 3. Maks Kilman, 63. Ezra Mayers, 32. Freddi Potts, 55. Moxamadu Kante, 9. Kallum Uilson.

"Manchester Siti": 25. Janluiji Donnarumma, 27. Mateus Nunes, 21. Rayan Ait-Nuri (11. Jeremi Doku, 60'), 15. Mark Gexi, 33. Niko O'Rayli, 45. Abduqodir Husanov, 20. Bernardu Silva (4. Teyani Reynders, 75'), 16. Rodri, 42. Antuan Semeno (47. Fil Foden, 74'), 7. Omar Marmush (10. Rayan Sherki, 60'), 9. Erling Holand.

Zaxira: 1. Jeyms Trafford, 3. Ruben Diash, 6. Natan Ake, 8. Mateo Kovachich, 14. Niko Gonsales.

Ogohlantirishlar: 11 - Omar Marmush, 37 - Bernardu Silva, 76 - Sungutu Magassa


78. Sherkining erlatib tepgan to'pini Mads ushlab oldi!

77. Burchak zarbalari bo'yicha statistika - 1 - 11.

76. Endi maydon egalari faollashdi.

70. Doku to'pni markazga - Holandga uzatdi, norvegiyalik futbolchining darvoza tomon tepgan to'pi aniq bo'lmadi.

67. Yana bir xavfli vaziyat, bu safar zarba Nunesdan bo'ldi, darvozabondan yana bir seyv!

66. Dokudan zarba, uning tepgan to'pi anchagina noaniq.

63. Abduqodir Husanovning darvoza tomon bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

63. Sherkining zarbasi rekoshetga uchragani bois aniq bo'lmadi.

61. Holanddan yaxshi zarba! Erlatib tepilgan to'pni Xermansen qaytardi!

60. Bugun "Man Siti" ustozi tribunadan kuzatmoqda o'yinni. U yordamchisi bilan telefon muloqot orqali o'yinni boshqarib bormoqda. 

55. Semeno jarima maydonchasiga kirib, to'pni markazga yo'naltirdi, darvozabon uni ushlab oldi.

48. Marmush darvoza tomon to'pni yo'lladi, biroq bu uzatmamidi yoki zarba - tushunib bo'lmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+2. Ayni shu vaqtda birinchi bo'lim yakunlandi.

45+2. Nunesning zarbasi darvoza ustuni ustidan o'tib ketdi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Semenodan xavfli zarba, ammo noaniq bo'ldi.

39. Ha, ikkita gol ko'rdik. Biroq negadir shiddat yo'qdek o'yinda. Uzatmalar, harakatlar tezroq, ammo to'p asosan maydon markazida.

36. Qoyil mezbonlarga. Goldan so'ng oldinga o'tishdi va maqsadlariga erishishdi. "Siti" ko'p ham xursand bo'lishga ulgurmadi.

35. GOL! "Vest Xem" hisobni darhol tenglashtirdi! Burchakdan uzatilgan to'pga chiqishda Donnarumma xatoga yo'l qo'ydi, biroq to'p undan o'tib, Mavropanosga keldi va u gol urdi!

32. Xo'sh, endi o'yin qizib qolsa kerak-a? "Siti"ning ishtahasi ochilib, maydon egalarining jahli chiqib...

31. GOL! Bernardu Silva hisobni ochdi! Portugaliyalik futbolchi chap qanotdan jarima maydonchasiga biroz kirib uzatma shakliga o'xshash zarba berdi, to'p esa darvozabonning ustidan o'tib, to'rdan joy oldi.

30. Yarim soat o'tdi, ammo darvozalar tomon birorta ham aniq zarba berilmadi. Malumot uchun, maydonda chempionlikka va Chempionshipgatushib ketmaslikka harakat qilayotgan jamoalar o'ynamoqda.

22. Marmushning jarima zarbasidan tepgan to'pi noaniq bo'ldi.

18. Bahs asosan maydon markazida kechmoqda. O'tgan vaqt mobaynida darvozabonlar ko'p ovora bo'lishmadi.

10. To'p nazorati to'liq "Siti"da. Jamoa hujumga o'tishga intilmoqda, ammo hozircha ular xavfli tus olmayapti.

4. Ilk daqiqalarda "shaharliklar" faol. Ular hafta o'rtasidagi alamli mag'lubiyatdan keyin muxlislarini xursand etmasa bo'lmaydi.

1. O'yin boshlandi.

- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni APL 30-tur doirasidagi "Vest Xem" — "Manchester Siti" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

Reyting: +1   

Fikrlar

   
15 mar 02:16:16
Bilal Tebo
De bruyneni qadri juda bilinyapti
   
15 mar 02:13:54
Sahoyat Reise
Ситини ўйинини умуман тушуниб бўлмайди: кескин пас беришлар йўқ, ўн олтини ичига киришни бекитиб қўйса, умуман креативлик, вариантлар йўқ. Ўйин жуда ланж, мотивацияси йўқ
   
15 mar 02:01:06
Laziz Babanov
Shu yil Arsenal chempion bulsin Sitijon
   
15 mar 01:39:15
Alexis Dan
Cитида уйин хам 0, химоя хам
   
15 mar 01:37:55
my engilish
Хусанов угловойга чикармаганда эди
   
15 mar 01:26:25
my engilish
Уйин нолку ситида
   
15 mar 01:21:05
my engilish
Ситига чл ҳам аёлда ҳам кийин ютиши пеп учун мавсум тугади истеъфо берса ҳам бўлаверади кубок уйинлар 2 даражали
   
15 mar 01:20:02
my engilish
Alexis Dan foydalanuvchining fikriga javob berish
Хусанов угиллик булибдику
Умри билан берсин
   
15 mar 01:11:19
Alexis Dan
Хусанов угиллик булибдику
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика