Slavche Voyneski: "Musobaqa boshlanishidan avval barchada imkoniyat teng bo'ladi"
06 apr 2022 17:38
Yangiliklar
Slavche Voyneski: "Musobaqa boshlanishidan avval barchada imkoniyat teng bo'ladi"
OCHL guruh bosqichi 1-turdan o'rin olgan "Paxtakor" - "Sepaxon" uchrashuvidan oldin matbuot anjumani tashkil qilindi.
Unda "Paxtakor" bosh murabbiyi Slavche Voyneski va himoyachi Aleksey Larin ishtirok etdi.
Slavche Voyneski: - Ertaga bizni muhim va ahamiyati yuqori o'yin kutmoqda. Raqibimiz kuchli, ularni o'rganishga urindik. Ertaga o'z o'yinimizni namoyish etib, g'alaba qozonishga intilamiz.
Har bir jamoada musobaqa boshlanishidan avaal imkonniyatlar teng bo'ladi. Murabbiylar o'zlari o'ylagan g'oyalarni amalga oshirishga intilishadi. Engil o'yinlar bo'lmaydi, chunki bu turnirda yuqori saviyali jamoalar jamlangan. Biz har bir bellashuvga etiborimizni qaratamiz. Jamoalar imkoniyatini bir xil baholayman.

Aleksey Larin: - Biz CHempionlar Ligasida yangi mavsumni boshlayapmiz. Eron klublari kuchli jamoalar. Biz ertaga g'alaba uchun kurashamiz.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar