Rasman: Tornike Dzebniauri - "Surxon" futbolchisi
09 jan 21:20
Yangiliklar
Rasman: Tornike Dzebniauri - "Surxon" futbolchisi
"Surxon" matbuot xizmati ning transferini elon qildi.
"Jamoamiz safiga yangi legioner qo'shildi. Gruziyalik 26 yoshli tayanch yarim himoyachisi "Surxon" bilan 1+1 ko'rinishidagi shartnoma imzoladi. Qayd etish kerak, Tornike Dzebniauri "Surxon" tarixida ilk gruziyalik futbolchi bo'ldi.
Tornike Dzebniauri
Tug'ilgan sana: 27.11.1999
Amplua: Tayanch yarim himoyachi
Fuqaroligi: Gruziya
O'ynagan klublari: "Lokomotiv" Tbilisi, Gruziya (2018-2023), "Saburtalo", Gruziya (2021, ijara asosida), "Jenis", Qozog'iston (2023), "Gareji", Gruziya (2024)
Shuningdek, Tornike Gruziya turli yoshlar terma jamoalar tarkibida o'ynagan. Futbol klubimiz nomidan Tornike Dzebniaurini qutlaymiz va unga Xush kelibsiz deymiz", - deb yoziladi klub bayonotida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar