So’nggi yangiliklar

23:50"Барселона" "Камп Ноу"даги очилиш ўйини учун сюприз тайёрлаб қўйилганини маълум қилди  0 23:28ЎФА Туркиянинг етакчи қурилиш компаниялари билан учрашув ўтказди. Унда Янги Тошкент Марказий футбол ўйингоҳини бўйича лойиҳалар тақдим этилди  3 23:10"Барселона" 2022/23 йилги мавсумнинг охирида "Бавария"га бонус тўламаслик мақсадида Левандовскидан бошқа гол урмасликни сўраган  0 22:35Фабио Каннаваро: "Сафар энди бошланмоқда, бироқ биз тўғри йўлдамиз"  8 21:51"Бавария" ва "Барса" Гримальдога қизиқиш билдирмоқда  2 21:35Суперлига. "Шўртан" – "Бухоро" 1:1  0 21:09ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон беш поғона юқорилаб, Осиёнинг бешинчи жамоасига айланди  17 20:57Тони Кроос Винисиусни танқид қилди  1 20:36Криштиану Роналду АҚШ президенти Дональд Трамп билан учрашди  15 19:50"Боруссия Дортмунд" форварди уйидан қурол топилди  0 19:28Александр Хомяков: "Бугун ҳаракатнинг ўзи камлик қилди"  1 19:00Италия яна ЖЧ саралашида омадсизликка дуч келди — олдинда ўтиш ўйинлари. Буёғига нима бўлади?   10 18:55Асрор Алиқулов: "Ўз майдонимиздаги охирги ўйинда мухлисларга ғалаба совға қилишни мақсад қилгандик"  0 18:39Globe Soccer Awards талқини бўйича йил мураббийи мукофотига даъвогарлар номи эълон қилинди  0 17:55Суперлига. "Шўртан" ўз уйида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  5

Siavash Haqnazari: "Bizga kim raqib bo'lishining farqi yo'q, o'zimizning aniq maqsadimiz bor" Yangiliklar

Siavash Haqnazari: "Bizga kim raqib bo'lishining farqi yo'q, o'zimizning aniq maqsadimiz bor"

"Navbahor" futbolchisi Siavash Haqnazari "Paxtakor"ga qarshi kechgan yarim final bahsidan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz?

- Birinchi navbatda butun jamoani, jamoa prezidentini, hokimni va muxlislarimizni bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Mavsum boshidanoq ushbu maqsad sari qadam tashlab kelmoqdamiz. G'alabaga loyiq edik deb o'ylayman, sababi biz bir kishi kam bo'lib harakatlandik. Hali xursand bo'lishga erta sababi oldinda final uchrashuvi bor. Ertadan boshlab final haqida o'ylashni boshlaymiz.

- Final haqida nimalar deya olasiz? "Andijon"ga qarshi o'ynash oson emas.

- Bizga kim raqib bo'lishining farqi yo'q. Bizda aniq maqsad bor. CHempion bo'lishimiz uchun borimizni beramiz.

- "Navbahor" bugungi uchrashuvda "Paxtakor"dan o'yinning qaysi jabhalarida ustunroq bo'ldi deb o'ylaysiz?

- Bunday o'yinlarda 90 daqiqadan so'ng futbol sifati emas, xohish va ishtiyoq asosiy planga chiqadi. Siz qanchalik g'alaba qozonishni istayotgan bo'lishingiz kerak.

- Eron JCH-2026 uchinchi saralash bosqichini boshlash arafasida turibdi, Qirg'iziston va BAAga qarshi kechadigan uchrashuvlar haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- Terma jamoamiz yaxshi holatda. Barchasi yaxshi. Terma jamoamiz bu safar ham Eron xalqini xursand qila olishiga ishonaman.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика