Shveciya termasini ingliz murabbiyi boshqaradi
18 okt 2025 00:12
Yangiliklar
Shveciya termasini ingliz murabbiyi boshqaradi
Shveciya termasining yangi bosh murabbiyi deyarli aniq.
"The Telegraph" malumotiga ko'ra, Shveciya futbol uyushmasi Grem Potter bilan muzokaralarni yakunlagan. Uning ilk shartnomasi JCH-2026 saralashida qolgan ikki o'yin va ehtimoliy pley-off bahslariga mo'ljallanadi.
Potter 6 o'yindagi 5 mag'lubiyatdan keyin sentyabr oyida "Vest Xem" bosh murabbiyligidan haydalgandi. Shveciya termasi JCH saralashida B guruhida so'nggi o'rinda bormoqda. 4 o'yinda 1 ochko jamg'argan termani Shveycariya hamda Sloveniyaga qarshi bahslar kutib turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar