"Vest Xem" bir vaqtning o'zida 3 nafar murabbiyga maosh to'lamoqda
16 fev 18:06
Yangiliklar
"Vest Xem" bir vaqtning o'zida 3 nafar murabbiyga maosh to'lamoqda
Londonning "Vest Xem" klubi ayni paytda klub bilan bog'liq bo'lgan 3 nafar bosh murabbiyga to'lov amalga oshirmoqda.
"Claret & Hugh" xabariga ko'ra, "Vest Xem" hali ham 2026 yilning iyunigacha amalda bo'lgan shartnomasi uchun Xulen Lopetegiga tovon puli to'lamoqda. Shuningdek, "bolg'achilar" Grem Potterga maosh berishda davom etmoqda. Uning shartnomasi 2027 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
Bundan tashqari, London klubi hozirgi bosh murabbiyi — Nunu Eshpiritu Santuga ham maosh to'lamoqda.
Murabbiylar maoshi va tovon pullari uchun umumiy xarajat yiliga taxminan 10,5 mln funtni (oyiga 875 ming funt) tashkil etmoqda — faqat murabbiylar uchun.
"Vest Xem" APLda 26 o'yindan keyin 24 ochko bilan 18-o'rinni egallab, quyi ligaga tushish hududida joylashgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания кубоги. "Барселона" "Атлетико"ни йирик ҳисобда ютган ўйинда мадридликлар финалга йўл олди
Ҳамдамовга аталган оқшомда "Пахтакор" "Қўқон-1912"ни сафарда қийинчилик билан енгди
"Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кубокдан чиқиб кетган Флик нималар деди?
Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Андижон"ни мағлуб этди
Fikrlar