Isak jiddiy jarohatdan so'ng qaytishga yaqin
16 fev 19:51
Yangiliklar
Isak jiddiy jarohatdan so'ng qaytishga yaqin
U mart oyidagi xalqaro o'yinlar tanaffusiga qadar maydonga qaytishni maqsad qilgan.
26 yoshli shveciyalik futbolchi oyog'ini sindirib olgan va to'piq hamda kichik boldir suyagida operaciya o'tkazgani sabab bir necha oy o'yinlarda ishtirok etmadi.
Klub tomonidan elon qilingan so'nggi suratlarda Isak qarorgohda yakka tartibda mashg'ulot o'tkazayotgani, trenajyor zalida shug'ullanayotgani va engil futbol mashqlarini bajarayotgani ko'ringan.
"The Mirror" malumotiga ko'ra, Shveciya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Potter Isak 26 mart kuni Ukrainaga qarshi JCH-2026 saralash o'yinida ishtirok etishiga umid qilmoqda.
Potter avvalroq bunday jarohatlardan tiklanish uzoq va murakkab jarayon ekanini takidlagan, ammo Isakning qaytish imkoniyati borligini aytgan. Isak joriy mavsum klub safida 16 o'yinda 3 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания кубоги. "Барселона" "Атлетико"ни йирик ҳисобда ютган ўйинда мадридликлар финалга йўл олди
Ҳамдамовга аталган оқшомда "Пахтакор" "Қўқон-1912"ни сафарда қийинчилик билан енгди
"Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кубокдан чиқиб кетган Флик нималар деди?
Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Андижон"ни мағлуб этди
Fikrlar