So’nggi yangiliklar

07:45Суперлига. "Пахтакор" – "Насаф" 1:0  0 07:29"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига қўшимча чипталар сотувга чиқарилади  4 00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  4 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  1 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  39 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  5 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  3 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  178

SHuhrat Aslanov: "Nasaf farm"ning Pro ligadagi ishtiroki klubning yillik xarajatlari uchun yuklamani oshiradi. SHu sababli jamoa Pro liga musobaqasida ishtirok etmaydi" Yangiliklar

SHuhrat Aslanov: "Nasaf farm"ning Pro ligadagi ishtiroki klubning yillik xarajatlari uchun yuklamani oshiradi. SHu sababli jamoa Pro liga musobaqasida ishtirok etmaydi"

Bugun O'zbekiston professional futbol ligasi "Nasaf farm" jamoasi keyingi yilda Pro liga musobaqasida ishtirok etmasligini elon qildi.

Bu holat yurtimizdagi OAVda  yoritildi. Muxlislar esa bu xabarni turlicha qabul qilishdi. Klub prezidenti SHuhrat Aslanov ushbu holat bo'yicha fikrlarini bildirib o'tdi.

- "Nasaf farm" jamoasi bu yil 1-liga musobaqalarida chempionlikni qo'lga kiritdi. CHempionlik futbolchilar va murabbiylar qatori bizni ham xursand qildi, albatta. Musobaqa g'olibligi esa keyingi mavsumda Pro ligada ishtirok etish imkoniyatini beradi. Pro liga musobaqasida esa asosan Superligaga chiqishni maqsad qilgan jamoalar ishtirok etishi barchaga malum.

Farm jamoamizning Pro liga bellashuvlarida ishtirok etmasligi haqidagi xabar futbolchilar va ularning ota-onalarining dilini biroz xira qilgani aniq. Lekin masalaning ikkinchi tarafi ham bor. "Nasaf" futbol klubida yaxshi tizim yo'lga qo'yilgan. Klub qoshida futbol maktabi faoliyat yuritadi. Maktabning U-19 va U-21 yoshdagi tarbiyalanuvchilari ham O'zPFL musobaqalarida ishtirok etadi. O'z-o'zidan U-19 va U-21 jamoalarida yosh chegarasi sabab o'yin amaliyotisiz qolib ketayotgan umidli futbolchilar uchun biz aynan "Nasaf farm" jamoasini tashkil qilgan edik. Biz o'zimizning maktabdan chiqqan yigitlarga mana uchinchi yildirki, imkon berib kelmoqdamiz. Bu jamoamizning asosiy vazifasi bosh jamoaga yaxshi futbolchilarni etkazib berish edi. Bosh jamoaning qishki yig'inlarida ham farm jamoasidan futbolchilarni ko'rikdan o'tkazish maqsad qilingan.

Farm jamoasining Pro ligadagi ishtiroki klubning yillik xarajatlari uchun yuklamani oshiradi. SHu sababli jamoa Pro liga musobaqasida ishtirok etmaydi va 2025 yilda ham 1-Liga musobaqasida qatnashishi taminlanadi. "Nasaf"ning rivojlanish strategiyasiga ko'ra, bu mablag'lar futbol maktabining barcha jamoalari, U-19, U-21 va "Nasaf farm" jamoalarining keyingi yildagi musobaqalarda sifatli ishtiroki uchun sarflanadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика