So’nggi yangiliklar

15:59"Ливерпуль" еврокубокда илк бор англиялик футболчиларсиз таркибни майдонга туширди  0 15:33Фарғонада "Нефтчи" ғалаба қозонадими? Олмалиқда нима бўлади? — 22-тур олдидан мутахассис фикри  0 15:17Суперлига. 22-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Андижон" ва "Пахтакор"да йўқотишлар бор  3 14:57Гвардиола Ҳусанов нега "Сити"нинг ҳар бир ўйинида бошланғич таркибда тушолмаслигини тушунтирди  6 14:39"Челси" ва "Тоттенхэм" "Барселона" футболчиси учун курашга киришди  0 14:10Испания ЖЧ-2026дан воз кечишга тайёр — сабаб Исроил  11 13:42ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон бир поғона юқорилади  9 13:26Максим Шацких: "Биз сафарда Туркманистон терма жамоасига қарши ўйнадик, буни унутмаслик керак"  10 12:54УЕФА Англия клубини мухлислар баннери туфайли жазолади  2 12:20МЮ Аморимнинг ўрнига бошқа мураббий излаётгани ҳақидаги хабарлар рад этилди  1 11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  3 11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  10 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   6 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  12 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   5

SHota Arveladze: "Bunyodkor"da sifatli maydon bo'lishi kerak, bu O'zbekiston terma jamoasi uchun muhim" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Bunyodkor"da sifatli maydon bo'lishi kerak, bu O'zbekiston terma jamoasi uchun muhim"

Coca Cola Superligasining 11-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvidan keyin SHota Arveladze o'z fikrlarini bildirdi.




"Birinchi navbatda "Nasaf"ga qarshi o'ynash doim yoqimli. Sababi raqib hujumkor o'ynaydi, qobiliyatli yosh futbolchilar to'p tepishadi. Murabbiy doim taktik tomonlama qiyinchiliklar tug'dirishga harakat qiladi. Birinchi taymda "Nasaf" klassik uslubda hujumchi ortidagi sxema bilan harakat qildi, ikkinchi taymda esa sxema o'zgardi, 5-2-3ga o'tishdi. Ammo biz ham bunga tayyor edik va taktik tomonlama aqlli qarshilik qildik.

Afsuski, "Bunyodkor"dagi maydon holati baribir yanada yaxshi o'ynashga imkoniyat bermayapti. Bundan keyin tiklanish ham qiyin bo'ladi. O'ylaymanki, mamlakatda stadionlar holatlari yaxshilanib boraveradi. Sababi hujumkor o'yin namoyish etadigan "Bunyodkor" uchun ham, O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun ham sifatli maydon kerak.

Javohir Sidiqov professional futbolchi. Unga doim ishonganman. Abdullaevga ham, Komilovga ham ishonamiz. Sidiqov deyarli bir yil davomida jarohatidan davolandi. Qo'shimchasiga operaciya qilingan joyida ikki bor infekciya paydo bo'ldi. Pandemiya vaqtidagi vaqt unga qo'shimcha imkoniyat bo'ldi. Mashg'ulotlar vaqtida juda yaxshi ishlaydi.

Umid qilamanki, OCHLga yaxshi formada etib boramiz. Yigitlarimiz 3 hafta davomida davolanishganini unutmang. Kimdir antibiotiklar bilan, kimdir ularsiz. Kimdadir yo'tal bo'ldi, kimdadir boshqa narsa. Ruhiy tomonlama ham qiyinchiliklar bo'ldi. Bugun yigitlar yana bir bor xarakter namoyish etishdi. Masalan, CHeran bugun penaltini Sergeevga berdi. Bu o'zi qo'rqqanidan emas, shunchaki Sergeevni qo'llab-quvvatlash uchun berdi. Buni murabbiylar yoki boshqa odam aytgani yo'q. Bu jamoa uchun muhim jihatlardan biri", - deydi SHota Arveladze.



Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика