So’nggi yangiliklar

19:00Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  22 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  7 18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 2:1 (матнли трансляция)  7 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  15 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15

SHohruz Norxonov: “Oldingi holatimga chiqa olmayapman, buni inkor qilmayman” Yangiliklar

SHohruz Norxonov: “Oldingi holatimga chiqa olmayapman, buni inkor qilmayman”

Jizaxning “Sug'diyona” jamoasi kutilmaganda mavsumni ko'ngildagidek boshlay olmadi.

Ilk turda Muborakda “Mashal” mehmoni bo'lib yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi. Keyingi uchrashuvlarda ham ijobiy natijaga erishgan yo'q. Ortda qolgan uchta tur hususida jamoaning maxoratli hujumchisi SHohruz Norxonov fiklarini bildirib o'tdi.

“To'g'ri, masumni o'zimiz xohlagandek boshlay olmadik. Lekin, oldimizga qo'yilgan maqsad sari intilishda davom etamiz. Ishlashdan, harakat qilishdan to'xtamaymiz. Hozirgi vaqtda Superliga o'yinlari vaqtinchalik qoldirildi. Buni to'g'ri tushunishimiz darkor. Sog'liq doim hamma narsadan ustun turadi. Qatorasiga uchinchi yildirki “Sug'diyona” sharafini himoya qilmoqdaman. CHempionat startida qoniqarli natijalar ko'rsata olmasligimiz mumkin. Ammo, oxirgacha kurashib munosib o'rinlarni egallaymiz.



Darajam avvalgidan tushganiga sabab nima? Ishlashda davom etaman. Oldingi yuqori holatimga chiqa olmayapman, buni inkor qilmayman. O'zimni ko'rsatishga astoydil harakat qilaman. Qolganini vaqt ko'rsatadi. Milliy terma jamoa bilan fevral oyidagi yig'inda qatnashdim. Bu menga qo'shimcha kuch beradi va o'zimga bo'lgan ishonchni oshishiga xizmat qiladi”, - deydi Norxonov.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика