SHohrux Ishanov: "Hakam vaziyatni futbolchining fikriga asoslanib baholadi"
23 sen 2023 20:37
Yangiliklar
SHohrux Ishanov: "Hakam vaziyatni futbolchining fikriga asoslanib baholadi"
Pro-liganing 18-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Andijon SGS" (5:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi SHohrux Ishanov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O'yin haqida
- Biz uchun hammasi yaxshi ketayotgan edi. Qizil kartochka rejalarimizni buzib yubordi. Natijada bo'sh xududlar yuzaga keldi va "SHo'rtan" jamoasi bundan unumli foydalandi.
- "SHo'rtan"ga qarshi uydagi o'yin va bugungisining farqi qanday sizningcha?
- Uyda devorlar ham yordam beradi deyishadi. Uyimizda bizga yordam bergandi, bugun maydon egalariga yordam berdi.
- Qizil kartochkaga munosabatingiz?
- O'sha vaziyatni hakam ko'rmay qolgandi. Futbolchining gaplariga asoslanib kartochka ko'rsatdi.
- Ikkinchi bo'lim davomida negadir maydon chetida ko'rsatma bermadingiz?
- CHunki o'zim shifokor yordamiga muhtoj bo'lib qoldim. Qon bosim bilan bog'liq va shifokorlar menga yordam ko'rsatishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar