"SHaxtyor" Mudrikka yangi narx belgiladi
15 okt 2022 10:28
Yangiliklar
"SHaxtyor" Mudrikka yangi narx belgiladi
Doneckning "SHaxtyor" klubi yarim himoyachi Mixail Mudrikni 50 million evroga sotishga tayyor.
"SHaxtyor" moliyaviy muammolarini bartaraf etish maqsadida Mudrikni sotib yubormoqchi. Klub uchun o'zi so'ragan pulni olish muhim. "SHaxtyor" taxminan 50 million evro talab qilmoqda, agar kimdir shuncha pul bersa, Mixail ketadi", – dedi jurnalist Igor Ciganik.
21 yoshli Mudrik joriy mavsum "SHaxtyor" safida 8 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan kelishuvi 2026 yilning 31 dekabrigacha amal qiladi.
Avvalroq "Nyukasl" ukrainalik futbolchi uchun 50 million funt to'lashga shayligi aytilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar