So’nggi yangiliklar

00:33Шацких: "Ҳужумда эса бизга охирги узатма ёки зарба етишмади"  3 00:05Роналду 30 ёшга тўлганидан бери 450та гол урди  4 23:37Шавкат Мирзиёев - Ўзбекистон Миллий Олимпия қўмитасининг раиси  8 23:20"Ал Аҳли" муддатидан аввал кейинги босқичда, Роналдунинг голлари "Ал Насср"га 3 очко тақдим этди  16 22:54Элит ОЧЛ. "Истиқлол" ва "Пахтакор" ўртасидаги зерикарли ўйинда ҳисоб очилмади  42 22:30Ансу Фати Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  1 22:20"Барселона"нинг XXI асрдаги энг яхши футболчилари  13 21:25Британия топ-клублари Шотландия ёшлар терма жамоаси сардорини кузатишмоқда  0 20:45"Эвертон" собиқ футболчисига ҳайдовчи бўлиб ишлаш таклиф қилинди  1 19:45Элит ОЧЛ. "Истиқлол" – "Пахтакор". Таркиблар эълон қилинди. Машарипов бошланғич таркибдами?  18 19:20"Sky Sports"нинг Рубен Аморим билан жонли эфирда уюштираётган суҳбатини бузиб қўйган Эд Ширан кечирим сўради  0 18:55"Нефтчи" – "Насаф" баҳсида қаршиликлар футболчисини четлатиш учун асос бўлмаган — Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси  8 18:24"Астон Вилла" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1 17:58"Реал" "Ливерпул"га қарши ўйин олдидан жиддий йўқотишга учради  21 17:31Салоҳ: "Деярли декабрь бўлди ва мен клубда қолиш учун бирорта ҳам таклиф олмадим"  4

SHaxmat ustasi, mehnatkash inson, "Barselona" bosh murabbiyi - Kike Seten haqida Yangiliklar

SHaxmat ustasi, mehnatkash inson, "Barselona" bosh murabbiyi - Kike Seten haqida

Bugun ispaniyalik sobiq futbolchi, "Barselona"ning amaldagi murabbiyi haqida so'z yuritamiz.

Tarjimai hol

Kike Seten — ispaniyalik sobiq futbolchi, "total futbol" tushunchasi tarafdori va amaldagi murabbiy. Setenning faoliyati sohil futbolidan boshlangan bo'lib, keyinchalik professional futbol maydoniga kirib kelgan. U Ispaniya jamoalari manfaatlarini ichki va xalqaro musobaqalarda himoya qilab keladi.


Bolalik va yoshlik yillari

Enrike Seten 1958 yil 27 sentyabrda Santander shahrida tug'ilgan. Uning oilasi badavlat bo'lmagan va ular Atlantika okeani yaqinidagi ishlab chiqarish hududida yashashgan.

Kike bolaligidan futbolni yaxshi ko'rgan. U bir necha soat ko'chada qolib ketib, to'p orqasidan yugurib yurar va ko'pincha sohil futbolidagi ajoyib uzatmalari bilan ajralib turardi. Uning istedodini sohil futboli jamoasi murabbiyi payqab qolib, yozgi musobaqalar uchun o'z tarkibiga qo'shib olgan. Setenga omad kulib boqdi: chunki, qarindoshi Luis Ayzkorbe "Rasing" futbol klubi menejeri edi. Bolakayning yutuqlarini ko'rgan Luis, uni "Perines" klubiga tavsiya qiladi.

Sport sohasida ilk qadamlarini qo'ygan Kike farmacevtika kollejida o'qiy boshladi va pul ishlab topish uchun ter to'kdi, tozalovchi va pochta yuboruvchi bo'lib ishladi. Kichik daromaddan tashqari, Seten eski yozuv mashinkasida o'yinlar to'g'risida mustaqil ravishda hisobot yozib borardi. SHunday qilib, yigitcha o'z o'yinini va o'zi ishtirok etgan o'yinlarni tahlil qilishni boshlagan.

1976 yili murabbiy Nando Yosudan taklif olgan 18 yoshli Kike "Racing" klubi azosiga aylandi. Taxminlarga ko'ra, futbolchi bepul o'ynashi nazarda tutilgan va tovon puli sifatida jamoa azolariga taniqli brendlarning butsalari berilgan. 


SHaxsiy hayoti

Kike Seten shaxsiy hayotidagi yangiliklar haqida malumot ulashadigan mashhur odamlar toifasidan emas, shuning uchun uning oilasi, ayoli va bolalari haqida deyarli hech narsa malum emas. Murabbiyning shaxsiy Twitter akkaunti bor, qo'shimchasiga o'ziga tegishli rasmlarni Instagram’ga joylashtirib boradi.

Seten oqil taktik va strateg ekanligini bir necha bor isbotladi. Bu qisman uning yoshligidagi intellektual xobbisi bilan bog'liq. Enrike shaxmat o'ynashni yaxshi ko'radi, bu mahorati unga shogirdlarini bahslarga puxta tayyorlash va taktik tarafdan yordam beradi. Murabbiyning hatto Xalqaro shaxmat federaciyasi saytida ham profili mavjud. Uning resursdagi reytingi sport ustaligiga nomzod maqomi bilan bir xil darajada. Seten bir muncha vaqt davomida hatto Vladimir Kramnik va Anatoliy Karpov bilan bir qatorda turnirlarda ishtirok etgan. Malumotlarga ko'ra, u Garri Kasparov bilan bitta doskada dona surishga ulgurgan.


Futbol

Yarim himoyachining professional foliyatidagi tarjimai holi 1977 yili "Racing"da boshlangan. Kike 8 mavsum davomida 100 ta o'yinda qatnashgan va 1985 yilda "Atletiko" bilan shartnoma imzolagan. U 3 mavsum Madrid klubida, ko'plab uchrashuvlarda asosiy tarkibda o'ynagan. Futbolchi 1984-1985 yilgi mavsumda jamoa bilan birgalikda Ispaniya superkubogi sohibiga aylanadi.

1988 yildan 1992 yilgacha "Logrones" klubining manfaatlarini himoya qiladi. Ushbu jamoada uning Yoxan Kroyffga o'xshash o'yin uslub va mahorati shakllanadi. Bu to'pni doimiy ravishda egalik qilish, qisqa paslarni amalga oshirish va "uchburchak" chiziqlarga o'z sheriklarini "joylashtirish" kabilarni o'z ichiga oladi. Bunday taktikaga rioya qilgan futbolchilarni Kroyfist deb atashadi.

1992 yilda yarim himoyachidan "Racing"ga qaytish so'raladi. 4 yil davomida u jamoaning asosiy o'yinchisi edi. Kike keyinchalik "Levante"ga o'tdi va u erda yana bir yil o'ynadi, shundan so'ng faoliyatiga nuqta qo'ydi.

Kike Seten qisqa vaqtga Ispaniya yoshlar jamoasiga jalb qilingan va atigi 2 o'yinda maydonga tushishga muvaffaq bo'lgan. Uning debyuti 1985 yilda Avstriyaga qarshi o'rtoqlik turniri uchrashuvida yuz bergan. U maydonga tushib o'z imkoniyatlarini namoyish eta olmagan bo'lsada, terma jamoa tarkibida 1986 yili Meksikada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida qatnashishga ulgurgan.

Qisqa tanaffusdan so'ng, Seten o'zini murabbiy sifatida sinab ko'rishga qaror qildi. 2001 yilda jonajon klubi "Rasing" murabbiyiga aylandi va 2002 yilgacha klubni rivojlantirish bilan mashg'ul bo'ldi. Qizig'i shundaki, klassik futbol bilan bir qatorda, Enrike sohil futbolini ham unutmagan. U murabbiy Nikolay Pisarevning sohil futboli bo'yicha Rossiya termasida yordamchi bo'lish taklifiga rozi bo'ldi. 2005 yilda ispaniyalik Rossiya terma jamoasi murabbiylik roliga egalik qildi. Jamoa noldan yig'ilgani bois fundamental tayyorgarlikni talab qilardi. Terma jamoa Seten boshchiligida Portugaliyani mag'lubiyatga uchratib, Evropa kubogi finaliga chiqqan.

Bir yil o'tgach, Enrike futbol bo'yicha Ekvatorial Gvineya terma jamoasiga murabbiylik qildi. Murabbiy bu erda bor-yo'g'i 3 oy ishladi. Keyin "Logrones" va "Lugo" jamoalari bilan hamkorlik qildi. Uchinchi divizion klubi - "Lugo"ga kelgan Kike o'z jamoasi o'yinchilarini sotish va yangi o'yinchilarni sotib olishni maqullamadi.  Mavjud futbolchilar bilan astoydil ishlab, jamoani ikkinchi divizionga olib chiqishga muvaffaq bo'ldi. Muxlislar mutaxassisga qoyil qolishdi va juda xursand bo'lishdi.

Seten 2015 yildan 2017 yilgacha "Las-Palmas" murabbiylar shtabini boshqargani hammani esida bo'lsa kerak. Seten o'rtacha o'yinchilarni g'alabaga ilhomlantirdi va haqiqiy professionallarga aylantirdi. Xuddi shu narsa "Real Betis"da sodir bo'ldi, u erda Setenni "Tiki-taka bo'yicha maxluq" deb nomlay boshlashdi. Jamoa birinchi mavsumdayoq turnir jadvalida 6-o'rinni egallab, Evropa Ligasiga yo'l oldi. Har ikkala klub bilan hamkorlik "sahna otida"gi tushunmovchilik va mamuriyat bilan kelishmovchiliklar tufayli yakunlandi.

Alohida aytib o'tish kerak, Kike Seten — bir mavsumda "Barselona" va "Real Madrid"ni mag'lub eta olgan kam sonli murabbiylardan biri.


Kike Seten hozir

2020 yil yanvar oyida bosh murabbiy Ernesto Valverde "Barselona" futbol klubidan chetlatildi. Uning o'rniga taniqli ispaniyalik Maestro taklif qilindi. Muxlislar Enrike Setenni shunday deb atashadi. 19 yanvar kuni uning qo'l ostida jamoa "Granada" ustidan birinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.

Hozirda murabbiy futbolchilar taktikasi ustida bosh qotirmoqda va ularning yangi qirralarini kashf etish ustida ishlayapti.

Ispaniyalik murabbiyning bo'yi 182 smni tashkil qiladi va u Lionel Messining muxlisi sanaladi.

O'zingiz va yaqinlaringizni asrang!


#uydaqoling

#vahimasizkarantin


SHerzod Nurmatov tayyorladi.


Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика