"SHarmanda! SHarmanda!" Xavi 92-daqiqada "Vilyarreal" darvozasi tomon belgilangan penalti bekor qilinganidan so'ng kameraga baqirdi
28 jan 2024 01:31
Yangiliklar
"SHarmanda! SHarmanda!" Xavi 92-daqiqada "Vilyarreal" darvozasi tomon belgilangan penalti bekor qilinganidan so'ng kameraga baqirdi
Xavi "Barselona" foydasiga belgilangan penalti bekor qilinganidan so'ng kameraga baqirdi.
La Liga doirasidagi "Vilyarreal" (3:5)ga qarshi o'yinda "Barselona" xavbeki Ilkay Gyundoganning bergan zarbasi yarim himoyachi Santi Komesanening tirsakiga tegdi. Bosh hakam Xose Munuera Montero avvaliga nuqtaga ishora qildi, ammo keyinchalik videotakrorga yo'l oldi va qarorini o'zgartirdi.
Vaziyat hisob 3:3 bo'lib turganda sodir bo'ldi, shundan so'ng "ko'k-anorranglilar" ikkita to'p o'tkazib yuborishdi.
"Barselona" murabbiyi Xavi bu qarordan hayratda qoldi.
"SHarmanda! SHarmanda!" – deb qichqirdi Xavi to'g'ri kameraga qarab.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar