So’nggi yangiliklar

00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  2 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  1 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  37 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  5 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  3 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  176 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1

SHahboz Jo'rabekov: "Jarohatlar sabab "Bunyodkor"da to'liq o'zimni ko'rsata olmadim, 2025 yildan esa umidim katta" Yangiliklar

SHahboz Jo'rabekov: "Jarohatlar sabab "Bunyodkor"da to'liq o'zimni ko'rsata olmadim, 2025 yildan esa umidim katta"

O'tgan mavsumni Navoiy va Toshkentda o'tkazgan futbolchi bilan intervyu.

- O'tgan mavsumni ikki xil jamoa tarkibida o'tkazdingiz. Ikki jamoangizni egallagan o'rnida katta farq bo'lmadi. Bu borada o'zingizda qanday xulosa yuzaga keldi? 

- Etibor berib intervyuga taklif qilganingiz uchun rahmat. Fursatdan foydalanib butun O'zbekiston ahlini kirib kelayotgan 2025 yil bilan tabriklab qolaman. Kelgusi yil futbolimiz uchun yangi sahifalar ochilishi uchun sababchi bo'lishini tilab qolaman. Aytganingizdek 2024 yilni ikki jamoa tarkibida o'tkazishimga to'g'ri keldi. Mavsumni Navoiyda boshlab Toshkentda tugatdim. Startni juda faol boshladik. Navoiyda hamma narsa vaqtida edi.  Lekin rizqimiz Toshkentda ekan. "Bunyodkor"ga ham juda yaxshi moslashib ketdim. Jamoada ichki muhit alo darajada bo'ldi. SHu bois ortiqcha qiyinchilikka duch kelmadim. Bundan tashqari jamoadagilarni yaxshi bilardim. Infratuzilma, sharoitlar bo'yicha "Bunyodkor"da hammasi zo'r edi.

- Ikkinchi davrada "Bunyodkor"da poziciyangizda raqobat kuchli bo'ldi. Yangi jamoaga moslashib ketishingiz qiyin kechdimi yoki raqobatda yutqazib qo'ydingizmi?

- Bu borada muammolarga duch kelganim yo'q. Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi. Agar raqobatdan qo'rqqanimda "So'g'diyona" yoshlar jamoasida o'ynab yurgan bo'lardim yoki "Navbahor"ning yulduzli tarkibiga bormas edim. Jarohatlar futbolchi uchun eng yoqimsiz holat. Aynan jarohat sabab to'liq o'zimni ko'rsata olmadim. Hozirda hammasi alo darajada.

- "Bunyodkor" nimaning hisobiga o'zgardi?

- Jamoaga yangi qon quyuldi deya olaman. Ikkinchi davrada tarkibga qo'shilgan barcha futbolchilar vaziyatni tushunib turgandik. Yil yakunida vazifa bajarildi. "Bunyodkor"da bitta katta oila paydo bo'ldi. Agarda yil boshida shu tarkib bilan boshlaganimizda ishoning jamoa aniq kuchli beshlikka kira olardi. Asosiy ustun tarafi hamjihatlikda bo'ldi. 

-  Superliga-2024 mavsumga va o'zingizga 10 ballik tizmda qanday baho berardingiz? Qanchalik ko'nglingiz to'ldi?

- O'zimni ishimni 6 ballga loyiq ko'raman. Asl bahoni muxlislar va murabbiylar beradi. "Navbahor" tarkibida o'yin amaliyotisiz qolganim va jarohatlar ruhiyatimga tasir qildi deya olaman. Bu yil 25ga yaqin uchrashuvda maydonga tushdim. 2025 yilda o'zimning to'liq sport formamga qaytish uchun bor kuchimni ishga solaman.

- Kelajagingizni qaysi jamoa bilan bog'lamoqchisiz?

- Ochig'ini aytganda aniq bir taklif yo'q. "Bunyodkor" bilan shartnomam 31 dekabr kuni yakuniga etadi. Hozir hamma jamoalar tatilda. Nasib qilsa, yaqin kunlarda yangilik bo'lib qoladi. Hammasi yaxshilikka.  Takliflarni maslahatlashgan holda qabul qilaman.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика