"Dinamo" 11 yildan so'ng Toshkentda "Bunyodkor"ni mag'lub etdi
09 noy 12:43
Yangiliklar
"Dinamo" 11 yildan so'ng Toshkentda "Bunyodkor"ni mag'lub etdi
Superliganing 28-turi qiziqarli va kutilmagan natijalarga boy bo'lmoqda.
Vadim Abramov boshchiligidagi "Dinamo" kecha Toshkentda "Bunyodkor"dan ustun keldi. Shu tariqa samarqandliklar 11 yildan so'ng yana poytaxtda "qaldirg'ochlar"ni engishni uddasidan chiqdi. "Dinamo" oxirgi bor 2014 yil Azamat Bobojonovning yagona goli evaziga ortiga 3 ochko bilan qaytgandi. Keyingi 5 ta bahsda mezbonlarning 3 g'alabasi va 2 durang qayd etilgan edi.
"Dinamo" 21-turning qoldirilgan uchrashuvida 15 noyabr kuni uyda "Andijon" bilan bellashadi. "Bunyodkor" 21 noyabr sanasida safarda "So'g'diyona"ga qarshi to'p tepadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЖЧ-2026га қуръа ташланди. Барча гуруҳлар маълум!
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Плей-офф: "Қўқон-1912" ва "Машъал" Суперлигада қолди
ЖЧ-2026. Ўзбекистон K гуруҳида: Роналду Ўзбекистонга қарши!
Fikrlar