So’nggi yangiliklar

12:29Флик "Барселона" мухлисларини хурсанд қилди  0 11:37Гризманн "Атлетико" — "Реал" ўйинида 199-голини урди. У клуб тарихидаги энг яхши тўпурар  0 11:16"Реал" Эндрикни ижарага беришга тайёр, форвард эса бунга қарши. У жароҳати туфайли бу мавсумда ўйнамади  2 10:45Сергей Ребров Украина терма жамоасини тарк этиши мумкин  1 10:15"Интер Майами" ва Месси янги шартнома борасида келишиб олди  3 09:45Футзал. Бугундан Олий лига 2-турга старт берилади  1 09:30Бундеслига. "Боруссия М" – "Айнтрахт Ф" ўйинида 10 та гол урилди  0 09:00Элит ОЧЛ. "Насаф"нинг бўлажак рақибида мураббий истеъфоси юз берди  7 08:30ОЧЛ-2. "Андижон" - "Ал Аҳли" учрашувини австралиялик ҳакамлар бошқаради  1 08:05Суперлига. Бугун "Бунёдкор" Қўқонда меҳмон бўлади  2 07:40Шерзод Жўраев: "Қўрққанимда ёки иккиланганимда "Навбаҳор" постида ўтирмасдим"  3 07:02Акмал Рустамов: "Омад "Навбаҳор" томонида бўлди"  1 02:10Лига 1. ПСЖ ўз уйида "Осер"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 02:05АПЛ. "Тоттенхэм" 90+4 дақиқада урилган гол эвазига "Вулверхэмптон" билан ўйинда мағлубиятдан қутулиб қолди  1 01:38А Серия. "Интер" меҳмонда "Кальяри"ни мағлуб этди  1

Sergey Rebrov Ukraina terma jamoasini tark etishi mumkin Yangiliklar

Sergey Rebrov Ukraina terma jamoasini tark etishi mumkin

Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Rebrov yaqin orada ish joyini o'zgartirishi kutilmoqda.

Grek nashri Outsiders xabariga ko'ra, Afinaning "Panatinaikos" klubi rahbarlari mutaxassisni o'z jamoasiga taklif qilishdan jiddiy manfaatdor.

Manbalarga ko'ra, klub boshqaruvchilari tuzgan qisqa ro'yxatda birinchi o'rinni aynan ukrainalik mutaxassis egallab turibdi. Grek tomoni Rebrovga uch marta qo'ng'iroq qilgan va muzokara olib borishga uringan. Ilk ikki urinishda murabbiy "bu imkoniyat haqida eshitishni ham istamagan", biroq uchinchi martada suhbat ijobiy natija berishi mumkin.

Shuningdek, xabarda takidlanishicha, agar Rebrovning terma jamoadan ketish masalasi hal etilsa, katta ehtimol bilan u milliy jamoalar o'yinlari uchun beriladigan navbatdagi tanaffusdan so'ng "Panatinaikos" bosh murabbiyi sifatida ish boshlaydi. Chunki moliyaviy jihatdan tomonlar o'zaro kelishuvga erishgan.

Eslatib o'tamiz, Sergey Rebrov 2023 yili Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Uning qo'l ostida jamoa faqat bir yirik turnir — Evro-2024da qatnashdi. Ukraina Belgiya, Slovakiya va Ruminiya bilan bir guruhda to'p surdi. To'rt ochko to'plaganiga qaramay, gollar nisbati bo'yicha oxirgi o'rinni egalladi.

Hozirgi kunda Ukraina termasi jahon chempionati-2026 saralashida ikki o'yin o'tkazib, bir ochko jamg'ardi. Rebrov shogirdlari o'z guruhida uchinchi o'rinni egallab turibdi.


Reyting:    

Fikrlar

   
28 sen 11:58:32
International
UFA bu murabbiygayam harakat qilib otkaz olmasa hisobmas
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика