Rasman: "Navbahor" Sergey Lushchanni istefoga chiqardi
25 sen 16:08
Yangiliklar


Rasman: "Navbahor" Sergey Lushchanni istefoga chiqardi
"Navbahor" bosh murabbiy Sergey Lushchan bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi.
Eslatib o'tamiz, Sergey Lushchan o'tgan mavsumning 2-davrasida jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangandi.
Uning boshqaruvida "lochinlar" Superligada 35 o'yin o'tkazib, 16 ta g'alaba, 9 ta durang, 10 ta mag'lubiyat, O'zbekiston Kubogi doirasidagi bahslarda esa 8 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta g'alaba (ikkitasi penaltilar seriyasi bo'yicha), 1 ta durang hamda 2 ta mag'lubiyatni qayd etdi.
Avvalroq Sergey Lushchan "Navbahor" bosh murabbiyi lavozimidan ketgani, jamoani vaqtincha "Navbahor" U-21 ustozi Sherzod Jo'raev boshqarib borishi haqida xabar chiqqan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Qo'lidan kelgancha harakat qildi. Qilgan xizmatlari uchun rahmat!!! Yangi murabbiy tanlashda shoshmaslik kerak endi. Natija ko'rsatgan yaxshi bir murabbiy topish kerak. Vaziyatni jjobiy tomonga o'zgartira olishligi uchun.