Grizmann "Atletiko" - "Real" o'yinida 199-golini urdi. U klub tarixidagi eng yaxshi to'purar
28 sen 11:37
Yangiliklar


Grizmann "Atletiko" - "Real" o'yinida 199-golini urdi. U klub tarixidagi eng yaxshi to'purar
Antuan Grizmann "Atletiko" safida 200 ta gol urishiga bitta qoldi.
Franciyalik futbolchi La Liga 7-turi doirasidagi bugungi derbida "matraschilar"ning "Real" darvozasiga kiritgan beshinchi goliga mualliflik qildi (5:2).
Bu gol Grizmann uchun "Atletiko" safidagi 199-to'p bo'ldi. U klub tarixidagi eng yaxshi to'purar. Ikkinchi o'rinda borayotgan Luis Aragones hisobida 159 ta gol bor.
Grizman 2014 yildan 2019 yilgacha "Atletiko" sharafini himoya qilgan. U "Barselona"dagi faoliyatidan so'ng 2021 yilda Madrid klubiga qaytdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar