Rasman: "Navbahor"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
25 sen 19:24
Yangiliklar


Rasman: "Navbahor"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
"Bugun oqshomda jamoamiz mahshg'uloti oldidan vice-prezident Akramjon Gapparovich Dedabaev tashrif buyurib, futbolchilar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida "Navbahor" jamoasi murabbiylar shtabi vakillari va futbolchilarga Sherzod Jo'raevni bosh murabbiy sifatida tanishtirdi.
Sherzod Hamidovich Jo'raev "Navbahor"ning sobiq futbolchisi, ko'p yillar jamoamiz murabbiylar shtabida yordamchi sifatida faoliyat olib borgan hamda mavsum startidan shu kungacha yoshlar jamoamizni boshqarayotgandi. Sherzod Hamidovich boshqaruvida "Navbahor" U-21 hamoamiz hozirda musobaqa peshqadami sifatida turnir jadvalini boshqarib kelayotgan edi", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o'tamiz, namanganliklar 22 turdan so'ng Superliga musobaqa jadvalida 33 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
XOKIM BUVAMIZ QIZILQUM BILAN O'YINGA KIRISHNI BEPUL QILIB BERSALAR ZO'R BO'LARDI. STADIONNI TO'LDIRIB, MUXLISLARNI QAYTARIB OLARDIK YANA.