Akmal Rustamov: "Omad "Navbahor" tomonida bo'ldi"
28 sen 07:02
Yangiliklar
Akmal Rustamov: "Omad "Navbahor" tomonida bo'ldi"
Unda mehmonlar ustozi Akmal Rustamov fikrlarini bildirdi.
"O'yin juda vaziyatlarga boy bo'ldi, "Nasaf" bilan uchrashuvdan so'ng bu bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik. Qaysi jamoa gol ursa yutib ketardi. Birinchi bo'limda 2-3 ta golga tortadigan vaziyat yaratdik. Oxirgi zarbani berishda oqsayapmiz. Taqdir shu ekan omad Namanganga kulib boqdi. Bitta gol urib g'alabani ilib ketdi",- deydi Akmal Rustamov.
- "Qizilqum" oxirgi o'yinlarda yaxshi o'ynamoqda. Lekin ruhiy faktormi, birinchi va ikkinchi bo'limdagi jamoada farq bo'ldi...
- Bu gapingizga qo'shilmagan bo'lardim. Jamoa ruhan yaxshi holatda. O'yindan keyin oraliq kam, yo'l ham o'z tasirini o'tkazmay qolmaydi. Birinchi bo'limdagi vaziyatlarni golga aylantirganimizda 1:0 yutishimiz mumkin edi. Omad "Navbahor" tomonida bo'ldi.
- O'zgartirishlar o'zini qanchalik oqladi?
- O'zgarishlarni aytsam, Nikola Kumburovich va Ilhom Vahobov jarohat olgan. Ular tiklangunga qadar o'zimizning yoshlarga qo'rqmasdan imkoniyat beramiz. Mana shunday o'yinlarda o'zlarini ko'rsatsa, keyinchalik ham asosiy tarkibda o'rinlarini topib ketishadi.
- Legionerlardan qanchalik qoniqdingiz?
- 3 nafar legionerimiz maydonda edi. Men ikkinchi bo'limda charchoq alomatini ko'rdim. Umuman olganda qoniqdim. Nafaqat ularga balki hamma yigitlarga rahmat aytmoqchiman.
- "Navbahor"da murabbiy o'zgarishi rejalaringizga qanchalik tasir qildi?
- Bu tabiiy holat. Futbolda birinchi murabbiy ketsa, ikkinchisi keladi. Biz o'z o'yinimizni o'ynashimiz kerak edi. Bunga murabbiyning aloqasi bor yoki yo'q deya olmayman.
- Bu yilgi chempionlik kimga nasib qilishi mumkin?
- Hozir aytish qiyin. Oldinda 8 ta tur bor. "Nasaf" 2 ta frontda jang olib boryapti, ularga oson bo'lmaydi. "Neftchi"da esa yuklama kamroq. Shu bois avvaldan gapirish noto'g'ri bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar