So’nggi yangiliklar

10:47Жанлуижи Доннарумма АПЛ жамоаси билан келишувга эришди  4 10:15"Ньюкасл" "Милан" ҳимоячисини сотиб олди  0 09:41"Ливерпуль" Англия терма жамоаси футболчиси билан шахсий шартнома бўйича келишувга эришди  1 09:09Жанлуижи Доннаруммага Европанинг яна бир ТОП клуби қизиқиш билдирмоқда  2 08:38Пролига. Бугун 11-тур якунланади  0 08:07Расман. "Бухоро"ни вақтинчалик мураббийи маълум қилинди  2 07:35Суперлига. Бугун 18-тур якунланади  1 07:10Суперлига. "Навбаҳор" дербида ғалаба қозонди, "Шўртан" “Қўқон-1912”га ютқазди, ОКМК - "Қизилқум" баҳсида эса нурсиз дуранг  1 01:26Элдор Мойлиев: "Суперлигада ҳамма жамоалар тенг кучли, кимнинг омади келса шу ютиб кетяпти"  2 01:19Баҳром Ҳайдаров: "Узоқ кутилган ғалабага эришдик"  0 00:46Доннарумма "ПСЖ"дан кетади: "Кимдир мени жамоанинг бир бўлаги сифатида кўришни хоҳламади"  12 00:16"Реал Мадрид" мавсумолди ўртоқлик учрашувида Австрия клубини йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  7 23:56Максим Шацких: "Ҳатто ютганимизда ҳам дурангга лойиқ ўйин бўлди дердим"  20 23:20"Ливерпуль" "Парма" ҳимоячисини сотиб олмоқчи. Футболчига А Серия грандларидан ҳам қизиқиш бор  0 22:55Левандовски "Олтин тўп"ни ким қўлга киритиши мумкинлиги ҳақида гапирди  8

Sergey Lushan: "Bu dejavyu" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Bu dejavyu"

Superliganing 3-turi doirasida "Andijon"ga qarshi o'yindan keyin "Navbahor" bosh murabbiyi Sergey Lushan matbuot anjumanida qatnashdi.


- O'yinning shunday o'tishini kutgandik, bahs kurashlarga boy o'tdi. Natija adolatli. O'yin so'ngida yo'q joydan qizil kartochka orttirib oldik, o'yinni deyarli o'zimizniki qilib bo'lgandik. Nimayam derdik, bu futbol. Barchani birdek hayajonda ushlab turadi.

- Bugungi muxlislik haqida nima deya olasiz?

- O'tgan yili ham aytganman. Fan klubning 200 foiz kuch bilan qo'llab-quvvatlayotgani ostida ishlash menda birinchi holat. Bunda negativ holatlar ham bor. Bazi narsalarni tushunmayman, muxlislar bizga qarshi muxlislik ham qilishadi. Bu negativ holat. Qolganlari esa ijobiy. Bunday muxlislar nigohida futbol o'ynash yoqimli. Murabbiy sifatida menda ham muammolar bor. Tarkibga kelgan ayrim futbolchilar bunday sharoitlarda ilk marta futbol o'ynashi. 3-4 nafar futbolchining o'ziga kelib olishi uchun 20-30 daqiqa vaqt kerak bo'ldi. Bular hissiyotga borib taqaladi. Sizlar tribunada o'tirib muxlislik qilasizlar, tanqiddan keyin futbolchilar o'zlarini tushuna olmasliklari mumkin. Lekin bunday katta sonli muxlislar ostida futbol o'ynash aslida eng katta mano beradi.

- Bugun raqibga ikkala golni ham xato orqali sovg'a qildik. Umuman olganda bunday holatlarda gollar o'tkazib yuborish mumkin emas. Bu ruhiy holatga borib taqaladimi?

- Savolga o'zingiz javob berdingiz. Xato qildik. Raqib jamoasida so'nggi daqiqada gol urish oddiy holat bo'lib qolgan. Bu hissiyotlarga bog'liq. Burchak zarbasidan keyingi gol bu huddi o'tgan yilgi dejavyu. So'nggi daqiqada to'pni burchakka tepib yubordik va gol o'tkazib yubordik. O'tgan o'yinda 3:2 hisobida g'alaba qozondik, ha, xatolar ham qildik, biroq g'alaba qildik. Bu futbol. Ular ham ikkita xato qilishdi, biz ikkita urdik. Agarda tajribaliroq jamoa bo'lganida to'pni pastga tushirib futbol o'ynardi. Bizda esa doimo bir xil xatolar kuzatilmoqda.

- Bahsni yaxshi boshlab, yomon tugatdik.

- Unday demagan bo'lardim. Yigitlarga o'yin uchun rahmat aytaman. Biz yaxshi o'ynadik, bu hali ham endi boshlanish bosqichdamiz. Barchasini tezda amalga oshirish ilojsiz. Raqib so'nggi daqiqada faqatgina to'pni havolatib tepib yuboryapti. Buning ustida ishlashning iloji yo'q. Mashg'ulotlarda bu bilan ishlab bo'lmaydi. Bu erga ko'plab futbolchilar boshqacha darajadan kelgan. Ularni o'sha darajadan olib chiqish kerak. Kimni zaxiradan tushirayotgan bo'lsak, ular yo'qolib qolishmayapti. Shunchaki yugurib yurishayotgani ham yo'q. Faqatgina ruhiyatdan muammo bo'lmoqda. Umid qilamanki, o'yinni kuchaytira olamiz.

- Bugungi o'yinda zaxiradan tushgan futbolchilar o'zini oqladimi?

- Ha. Men maydondagi holatga qarab o'zgarishlar qilaman. Ular ikki metrli hujumchilarni maydonga tashlayapti. Demak bunga qarshi ish qilish kerak. Toirovni tushirganimiz sababi u havodagi to'p uchun kurashda zo'r. O'tkazib yuborilgan golni tushuntirib bo'lmaydi. To'p uzatildi, uzoq burchakdan kimdir to'pga tegdi. Keyinchalik nimadir bo'lib to'p darvozamizga kirib ketdi. Tushunarsiz. Bunga qarshi nimadir qilib bo'lmaydi. Zaxiradan tushganlar o'zini oqladi deya olaman.

- Azim Ahmedovni boshida himoyada tushirgandingiz. Uning poziciyasini markazga ko'chirishga nima sabab bo'ldi?

- Markazni boy berishni boshladik. Bizda  uch xil uslub bor. Raqibning kelib chiqishi va taklifiga qarab biz ham uslubni o'zgartiramiz. O'tgan yili shu sababli ko'plab o'yinlarni olib chiqib ketdik. Kimlardir faqatgina bir uslubda o'ynaydi, biz esa uch xil uslubda. Markazni boy berishni, tayanch futbolchilarimiz vaziyatga ulgura olmayotganligini ko'rib, Ahmedovni oldinroqqa chiqardik. Buni mashg'ulotlarda ishlaganmiz, Azimning o'zi ham jamoadoshlari ham buni yaxshi bilishadi. Keyin gol ham urdik.

- Sir bo'lmasa qaysi taktikadan foydalanasiz?

- O'yinni 5-4-1 bilan boshlaymiz. Ikkinchi bo'limda esa holatga qarab. Agarda 3:0 hisobida g'alaba qozonayotgan bo'lsak, boshqacharoq uslubda o'ynaymiz. Agarda ishlarimiz o'xshamasa hujumga zo'r beramiz. Himoyada ishlar o'xshamasa ikkita tayanch futbolchi bilan o'ynaymiz. Bu tizimni biz ishlab boryapmiz.

- Qaysi sxemada o'yinni yakunlamoqchi edingiz?

- Toirovni maydonga tushirganimdan keyin 5-4-1ga o'tdik. Bunga qadar 4-2-3-1 bilan o'ynayotgandik.

- "Navbahor" xorij yig'inida ko'plab o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazdi. Keyinchalik uch rasmiy o'yinda ham maydonga tushdi. Har bir o'yinda rotaciya ko'p bo'lishining sababi nimada?

- Biz hali ham asosiy tarkibni aniqlay olmadik. Ayrim futbolchilar bor, ularning nimalarga qodirligini bilamiz. Ayrim futbolchilar bor, ular nimalarga yaroqli ekanligini hali ham bilmaymiz. Bazida nimadir o'xshamoqda, keyin nimalardir o'xshamaydi. 5-6-turlarga kelib bizda asosiy tarkibning asosi shakllanishi kerak.

- Pedro nima sababdan maydonga tushmayapti?

- U boshqacha chempionatdan kelgan. U hozircha bizning futbolni tushunmayapti. Braziliya futboli biznikidan farq qiladi. Shuningdek, biz istagandek tezkor emas. O'zbekistonning futboli Osiyodagi boshqa chempionatlarga qaraganda anchagina tez. Lekin shunday holatda ham Pedro bizning birinchi raqamli futbolchimiz bo'la oladi. Hozircha undan so'rayotganim ko'proq bo'lmoqda. 5-6-turlardan keyin uni maydonda ko'ramiz. Hozircha mashg'ulotlarda ham kamchiliklar bor. Xoldorxonov termada edi. Hozirgi paytda mashg'ulotning asosi taktikani tashkil qiladi. Shu sababli Po'latxo'jani asosiy tarkibga qo'yish kulgili bo'lardi. Bu holatdan chiqib keta oldik.

- "Navbahor"ning mavsumdagi vazifasi qanday?

- Chempionlik va kubok olish. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика