So’nggi yangiliklar

20:18МЛСда тизим ўзгармоқда: "Бу янги эранинг бошланиши бўлади"  0 19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:41Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср. Таркиблар маълум  54 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  3 18:44Рафинья "Олтин тўп"ни қўлдан бой бергани ҳақида гапирди  6 18:18Япония Ганани, Корея эса Боливияни доғда қолдирди  1 17:55Хорватиялик футболчи касбини ўзгартиради: у Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан сартарошлик қилди  2 17:32Мбаппе Франция терма жамоаси ихтиёрини тарк этди  0 17:15U-19 чемпионати. "Пахтакор" Тошкент дербисида зафар қучиб, финалга йўл олди  2 17:07Леон Якирович: "Ўзбекистон сифатли ўйин кўрсатади, лекин натижа ўзимизга боғлиқ"  3 16:40Андрия Буркар: "Ўз ўйинимизни намойиш этсак, Ўзбекистонни қийин аҳволга тушириб қўямиз"  9 16:22ФИФА пенальтидан кейинги зарбани тақиқламоқчи  5 15:55Норвегия 99,9% ЖЧда! Эстонияга қарши кечган қийин ўйин тақдири 6 дақиқа ҳал қилинди!  10 15:35Миср ва Ўзбекистоннинг ўйин услублари ўхшаш бўлганми? Эктор Купердан жавоб  6 15:18А Сериянинг октябрдаги энг яхши футболчиси оғир жароҳат олди ва Африка Миллатлар Кубогини ўтказиб юборади  0

Sergey Arslanov: "Neftchi" futbolchilariga savolim bor..." Yangiliklar

Sergey Arslanov: "Neftchi" futbolchilariga savolim bor..."

Superliganing qoldirilgan 14-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "So'g'diyona" (0:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar yordamchi murabbiyi Sergey Arslanov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Matbuot kotibi izohi: Jamoa bosh murabbiyi Vitaliy Levchenkoning sog'lig'i bilan bog'liq muammo sabab bugungi matbuot anjumanida yordamchi murabbiy Sergey Arslonov ishtirok etadi.

O'yin haqida

- Albatta, kutilmagan mag'lubiyatga uchradik. Birinchi goldan so'ng hujumlarni kuchaytirdik, oldinga o'tdik va vaziyatlar yaratdik. O'yinga tayyorlangan rejalar o'zgarib ham ketdi. Vaziyatlar yaratgan bo'lsak-da, bugun mehmonlar darvozasini ishg'ol qilish bizga nasib etmadi. Ikkinchi gol o'yin taqdirini deyarli hal qilgandi, uchinchisi ortiqcha ham bo'ldi. SHu o'rinda futbolchilarga savolim bor, nega barcha o'zining chizig'idagi raqibga imkoniyat berib qo'ydi?

- Birinchi davrada natijalar boshqacha edi. Ikkinchi davrada buning aksini ko'rayapmiz. Endilikda murabbiylar shtabi taktikalari ish bermay qo'ydimi? Keyin davralar oralig'ida tashkil etilgan o'rtoqlik o'yinlarining aksariyati nega yopiq tarzda o'tdi?

- Davralar oralig'ida biz yangicha uslublarni sinovdan o'tkazdik. Jamoaga yangi futbolchilar taklif etildi, ularning imkoniyatlarini aniq baholab olish kerak bo'lardi. Muxlislarlardan uzr so'raymiz, biz barchasini jamoaga yaxshi bo'lsin deb amalga oshirayapmiz. Yangi futbolchilar birdaniga yaxshi o'yin ko'rsatib ketishi qiyin. Bizda uslublar o'zgardi, ijobiy natija bo'lishini murabbiylar shtabi ham istaydi.



- Birinchi davrada gol o'tkazib yubormaslik bo'yicha statistika "Neftchi"da yaxshi edi. Nega hozirga kelib bu ko'rsatkich aksiga aylanayapti? Bu himoyaning pand berayotgani bilan bog'liqmi?

- Yo'q, o'tkazib yuborilgan gollar uchun butun boshli jamoa javobgar bo'ladi. Kamchiliklarimiz bor, tahlil qilamiz va ishlaymiz.

- Muxlislarda yoshlarga kam imkoniyat berilayotgani bilan bog'liq etirozli savollar ham mavjud...

- Yoshlarni butunlay jalb etmay qo'yilgani yo'q. Asta-sekin imkoniyat berayapmiz. Bugun ham zaxira o'rindig'imizda yosh futbolchilar bor edi. Ularning to'liq maydonda o'ynab ketishlari uchun bizda ham, futbolchilarning o'zida ham ishonch shakllanishi kerak.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика