So’nggi yangiliklar

14:53Ҳоланд, Нету, Винисиус Европанинг энг тезкор футболчилари қаторидан жой олди  1 14:25Мбаппе Упамеканони "Реал"да кўришни хоҳлайди  1 13:58"Челси" собиқ футболчиси юрак муаммолари туфайли касалхонага ётқизилди  0 13:32Ўзбекистон – Миср учрашуви дуранг билан якун топса, экстра таймларга мурожаат қилинадими?  1 13:05Ўзбекистон МТЖ иштирокидаги мусобақа ТВда кўрсатиладими?  6 12:41Лапорта Флик шартномани узайтиришига ишонади  0 12:37U-17 Жаҳон чемпионати. Интизомли, мустаҳкам ва самарали жамоа — Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби ҳақида  4 12:13"Барселона" афсонаси молиявий фирибгарликда гумон қилинмоқда  2 11:47Мбаппе мамлакатини ўзгартириши мумкин: Жазоир юлдузни жалб қилишга тайёр  3 11:19Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Жаҳон чемпионатида Хорватияни қандай енгганди?  3 11:15Қайтиш яқинми? Клопп дунёнинг энг кучли жамоаларидан бирини бошқариши мумкин  3 10:50Евро-2028. Очилиш ва финал учрашувларига мезбонлик қиладиган стадионлар маълум  3 10:24Флик Мессини "Барселона"га қайтишига қарши  5 09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  1

Sergey Arslanov: "Maqsad? Iloji bo'lsa, sovrinli o'rinni qo'lga kiritish" Yangiliklar

Sergey Arslanov: "Maqsad? Iloji bo'lsa, sovrinli o'rinni qo'lga kiritish"

Coca Cola Superliganing 19-turi doirasida "Qizilqum"ga qarshi o'yindan keyin "Surxon" bosh murabbiyi Sergey Arslanov o'z fikrlarini bildirdi.

- Barchaga hayrli kech. Avvalo "Qizilqum" jamoasini navbatdagi g'alaba bilan tabriklayman. O'yin haqida to'xtaladigan bo'lsam, o'rtada katta tanaffus yuzaga kelgani sababli birinchi bo'limni o'yinga moslashish bilan o'tkazdik. Ikkinchi bo'lim esa harakatlarga boyroq bo'ldi. Takidlashim kerakki, raqiblar juda tartibli va rejali tarzda himoyalanishdi. O'rtada raqiblar himoyaviy blok tashkil qilishdi va uni yorib o'tish juda qiyin bo'ldi. Gol urib, o'yinga qaytgandek bo'lgandik. Biroq o'yin oxirida bizga nimadir etishmadi. O'yin yaxshi chiqmaganining sababi sifatida o'rtada katta tanaffus bo'lganini keltirsam bo'ladi. Yigitlarga hech qanday etirozim yo'q. Xatolar ustida ishlar olib boramiz. Xatolarni ilk navbatda o'zimizdan va murabbiylar shtabidan izlaymiz.

- Jamoa bugun kutilganidan ko'ra yomonroq o'ynadi. Futbolchilar ayni damdagi turnir jadvali sababli shunday o'yin namoyish qilishdimi?

- Fikringizga qo'shilaman. Birinchi bo'limda jamoamizni hatto o'zimiz ham taniy olmay qoldik. Aytganimdek, ancha vaqt o'yinlarda qatnashmaganimiz sababli birinchi bo'limni moslashish bilan o'tkazdik. Ikkinchi bo'limda esa o'zimizga kelib olib, taymni yaxshi boshlagandek bo'ldik. Umuman olganda turnir jadvalida o'rta o'rinda turishimiz ham yigitlarga katta masuliyat yuklaydi. Nafaqat jamoadagilarga, balki, ishchilarga ham. Ruhiy tomonlama pasayish bo'ldi deyish mumkin. Yo'q, unday emas. Endigi vazifa shu o'rinni ushlab qolish, balki, undan yuqoriroqqa ko'tarilish. SHu sababli bizda bosim bo'lishi ham mumkin. Oldinroq aytganimdek, o'yinlar o'rtasidagi katta tanaffus. Ikkinchi sabab esa masuliyatning pasaygani. Turnir jadvalida yuqorilash degan fikr kimlargadir halaqit qilayotgan bo'lishi mumkin. Haqiqatdan ham, kichik xatolar katta ochkolarning yo'qotilishiga sabab bo'lmoqda. 

- Maydon sifati "Surxon"ning o'yinlariga  tasir qilyapti deb o'ylaysizmi?

- Hozirgi paytda maydon sifatidan bahona qilib bo'lmaydi. Raqiblar ham biz kabi shart-sharoitlarda o'ynashdi va ularning ishlari yaxshiroq kechdi. Yo'q, maydonning sifati sabab emas. Ilk sababi - biz murabbiylar. Biz qaerdadir xato qilganmiz. Nimalarnidir o'zgartiramiz, to'g'rilaymiz va navbatdagi o'yinda barchasi yaxshiroq bo'ladi. 

- Superliganing yakunlanishiga 7 tur qoldi. Agarda jamoa bugun g'alaba qozonganida OKMKdan o'tib ketardi. Umuman olganda jamoaning vazifasi qanday? Kuchli to'rtlik uchun imkoniyat bor.

- Ochig'ini aytaman, ilk navbatda o'zimizni xavfsizlantirish. Yani, egallab turgan o'rnimizdan pastga tushmaslik. Oldinroq aytganimizdek, ilojisi bo'lsa sovrinli o'rinni egallash. Har bir o'yinda esa raqib kim bo'lishidan qati nazar g'alaba uchun maydonga tushish. Maqsadlar yuqori. Har bir uchrashuvdan keyin o'zimizga baho berib boryapmiz. Murabbiylar ham, futbolchilar ham. Yigitlar hali yosh. Ular maydonga tushib, asosiy tarkibga mosligini ko'rsatish va isbotlash uchun harakat qilishyapti. Bu eng asosiysi. 

- Osiyo o'yinlariga jo'nab ketgan "Surxon" futbolchilari Behzod SHamsiev va SHohjahon Sultonmurodovlarning yo'qligi jamoaga pand berdimi?

- Ular yaxshi darajadagi futbolchilar. Tarkibdagi barcha futbolchilarning darajasi yuqori. SHu boisdan kimnidir asosiy, kimnidir zaxira futbolchisi sifatida ajratib bo'lmaydi. Ularning barchasi deyarli bir xil, chunki juda yosh. Biroq ularning yordami bizga bugun halaqit qilmagan bo'lardi. Aynan ularning yo'qligi sababli tarkibda o'zgarishlar bo'ldi. Biroq bugungi natija uchun bu bahona bo'lmaydi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика