So’nggi yangiliklar

17:35"Қайрат"нинг португалиялик легионери: "Тарихга кириш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  0 17:14Факт. "Бухоро" 23 йилдан буён "Машъал"ни сафарда ютолмаяпти  1 16:56Факт. Виталий Левченко Жиззахда "Сўғдиёна"га мағлуб бўлмаган  4 16:35Қозоғистон терма жамоасига вақтинчалик бош мураббий тайинланди  1 16:13Дракслер етакчилигидаги "Ал Аҳли" Андижонда!  6 15:55Ўзбекистон футбол ассоциацияси Эрон терма жамоаси собиқ устозига жиддий қизиқмоқда  29 15:20"Валенсия" Винисиус ҳақидаги ҳужжатли фильм туфайли Netflix'ни судга берди  8 14:57ФИФА ЖЧ-2026 саралашида иштирок этаётган терма жамоага техник мағлубият ёзди  0 14:30Кападзе ФИФА кунларида терма жамоа бошқарувида бўлади  16 14:02Ротация режалаштирилган. "Реал" "Қайрат"га қарши ўйинда майдонга тушириши мумкин бўлган футболчилар маълум  10 13:39"Милан" ва "Интер" "Сан Сиро"ни бузади  0 13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  3 12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  4 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  4 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  5

Sefer Alibaev: "SHackix yangi mavsumni O'zbekistonda boshlashi mumkin" Yangiliklar

Sefer Alibaev: "SHackix yangi mavsumni O'zbekistonda boshlashi mumkin"

O'zbekiston terma jamoasining sobiq hujumchisi Maksim SHackix, "Bunyodkor" jamoasi sobiq futbolchisi Oleksandr Pishur kabi hujumchilarning agenti Sefer Alibaev bir qator mavzularda o'z fikrlarini bildirdi.


"O'zbekiston chempionatida yaxshi legioner hujumchilar o'ynashi mumkin. Biroq yuqori darajadagi futbolchilar bu chempionatda kelishni istaymaydi. Ularning talablari ham juda katta. O'zbek klublarining moliyaviy ahvoli ularni sotib olishga yo'l qo'ymaydi. Bazi futbolchilar yoshroq paytida kuchliroq ligalarda to'p tepishni istashadi. Ammo O'zbekiston chempionati ham ko'pchilik o'ylagandek oson liga emas. Oleksandr Pishur O'zbekiston chempionatida to'p tepganidan so'ng, fikri o'zgardi. Pishur "Bunyodkor"ga kelishidan oldin O'zbekiston chempionatini kuchsiz deb o'ylagandi demayman. Ammo uning tasavvurida biroz osonroqdek ko'ringan. Kelib, o'ynab, keyin fikri o'zgardi. CHunki hamma erda O'zbekiston futbol o'ynashni bilmaydi deyishadi. Oxirgi vaqtlarda O'zbekiston chempionatida legioner hujumchilar deyarli qolmadi. Qarang, yo'q. To'g'rimi? So'ng uch yilda kuchli legioner hujumchilar deyarli kelmay qo'yishdi. Hozir jamoalar asosan himoyachilarni olishmoqda. O'zbek jamoalarining deyarli barchasida markaziy himoyachisi legioner futbolchi.

Pishur va "Bunyodkor" voqeasi? Pishur "Bunyodkor"da muammoga duch kelmagan. SHunchaki Lushan uni tarkibga kiritmay qo'ygandi. SHu bois Pishur jamoadan ketgandi. Ayni paytda mijozim "Navbahor"da. Lekin hali Pishur "Navbahor" bilan rasman shartnoma imzolagani yo'q. Umuman so'nggi yillarda O'zbekistonda legioner hujumchi qolmadi. Faqat Pishur hozirda yana qaytishi mumkin. O'tgan yili Koblash "Nasaf"da o'ynab keta olmadi. O'shanda "Bunyodkor" ham Koblashni olishni istagandi. To'g'risini aytaman, o'shanda men ularga bu futbolchini olmaslikni maslahat bergandim. Koblash "Nasaf" bilan uch oy o'tmasdan xayrlashdi. Mening so'zlarim yakunda to'g'ri bo'lib chiqqaniga bu ham misol.
Maksim SHackix? Maks hozirda erkin agent. SHackix Ukrainadagi moliyaviy qiyinchiliklar tufayli havaskor klub "Rux"da Aleksandr Aliev bilan birgalikda o'ynab turgandi. Ayni paytda Maksga Angliyaning birinchi liga jamoalaridan taklif bo'lmoqda. Bu taklifni o'rganib chiqyapmiz. SHuningdek, SHackix yangi mavsumni O'zbekistonda boshlashi mumkinligini inkor etmayman. Qaysi jamoada ekanligini ayta olmayman", - deydi futbol agenti Sefer Alibaev.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика