O'zbekiston futbol associaciyasi Eron terma jamoasi sobiq ustoziga jiddiy qiziqmoqda
30 sen 15:55
Yangiliklar


O'zbekiston futbol associaciyasi Eron terma jamoasi sobiq ustoziga jiddiy qiziqmoqda
Associaciya O'zbekiston terma jamoasiga munosib murabbiy izlashda to'xtagani yo'q.
"Varzesh3" nashri malumotlariga ko'ra, O'zbekiston tomoni Eron va Xitoy termalari, shuningdek, Xorvatiya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, BAA klublarida faoliyat yuritgan Branko Ivankovichga etibor qaratgan.
Ivankovich sobiq tarjimonining aytishicha, "Dinamo" Zagreb va "Shandun Lunen" jamoalari bilan chempionlikka erishgan murabbiyga JCH yo'llanmasini naqd qilgan O'zbekiston jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ayni paytda muzokaralar davom etmoqda.
71 yoshli mutaxassisning so'nggi ish joyi Xitoy terma jamoasi bo'lib, u xitoyliklar bilan 2024 yilning 24 fevralidan 2025 yilning 26 iyuniga qadar hamkorlik qilgan edi.
Avvalroq Timur Kapadze FIFA kunlarida terma jamoa boshqaruvida bo'lishi haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar