So’nggi yangiliklar

00:14"Барселона"нинг икки футболчиси қанча муддатга сафдан чиққани аниқ бўлди  0 23:48Руни Экитике ҳақида: "Аҳмоқона ҳаракат. ВАР замонида голни текширувдан кейин нишонлаш керак"  2 23:15"Олтин тўп-2025". Ким қанча овоз тўплади?  2 22:54Максим Шацких: "Нима, ҳар бир ўйинда 5тадан гол уришимиз керакми? Бу "Барселона" эмас, "Андижон"  2 22:43Расман: "Манчестер Сити" Нико О'Райли билан шартномани узайтирди  1 22:19“Андижон” – ОКМК учрашувидаги баҳсли вазият бўйича изоҳ  7 22:09Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" - "Ал Насср" баҳси асосий таркиблари маълум!  7 21:58Миржалол Қосимов: "Мағлубиятга лойиқ ўйин кўрсатмадик"  2 21:37Мирко Йеличич: "Натижадан мамнунман, аммо ўйинимизни яхшилашимиз керак"  0 21:20Неъматулла Қуттибоев: "Ҳали ҳеч ким ҳеч нарса йўқотмади. Кураш сўнгги тургача давом этади"  0 20:59Суперлига. "Андижон" ўз майдонида ОКМКдан устун келди  48 20:15Ўзбекистон ва Қозоғистон ёшлар ҳамда ўсмирлар жамоалари ўртоқлик учрашуви ўтказади  2 19:59"Ливерпуль" Жота оиласига 2 йиллик шартнома бўйича маошни тўлаб берди  2 19:35"Арсенал" ва "Челси" Кенан учун рақобатлашади  5 19:10"Ал Ҳилол" юлдузи Қаршига келмайдими?  13

Maksim Shackix: "Nima, har bir o'yinda 5tadan gol urishimiz kerakmi? Bu "Barselona" emas, "Andijon" Yangiliklar

Maksim Shackix: "Nima, har bir o'yinda 5tadan gol urishimiz kerakmi? Bu "Barselona" emas, "Andijon"

Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Andijon" - OKMK bahsidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shackix matbuot anjumanida qatnashdi.

- Barchaga hayrli kech. Bugun biz shunchaki xursandmiz. Bu g'alaba biz uchun muhim edi. Andijon xalqi bu g'alabani 16 yil kutdi. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, birinchi bo'lim bizning nazoratimiz ostida o'tdi. Ikkinchi bo'limni esa natijani saqlash uchun o'tkazdik. Yigitlar oxirigacha sabr qilishdi, chidashdi va o'zlariga kerak bo'lgan g'alabani qo'lga kiritishdi. Biz bunga loyiq edik. 

- O'yindan mamnunmisiz?

- Ha, to'liqligicha. Ayniqsa bugun. OKMKga qarshi nima qilish kerak bo'lgan bo'lsa, barchasini qildik. Qo'l ostimizdagi hamma kadrdan foydalandik. Ularga hech qanday gap-so'zim yo'q, ular men uchun qahramon.

- "Olimpik" bilan yaxshi mavsumlarni o'tkazgan Otabek Jo'raqo'ziev "Andijon"da yaxshi o'yin ko'rsata olmayapti. Unga nimalar etishmayapti?

- Unga o'ziga bo'lgan ishonch etishmayapti. Futbolda bazida gol urish emas, to'pni oshirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Barchasi o'z o'rniga qo'yilishi kerak. Ha, balki unga bo'layotgan talablar oldingidek bo'lishi mumkin, lekin jamoa va jamoadoshlar u uchun yangi. Barchasiga vaqt kerak, buni oldin ham aytganman. U yuqori darajali futbolchi. Hali u o'zini ko'rsatadi.

- Jamoaning navbatdagi uchrashuvi xalqaro maydonda bo'ladi. "Andijon" bu bahsga qanday tayyorlanadi?

- Doimgidek. Barchasini yozib qo'yganmiz. Bu bahsga ham oddiy o'yindek tayyorlanamiz. Barchasi reja ostida kechadi. G'alaba? Biz ham g'alabani kutyapmiz. Har bir o'yinda buni kutamiz. Bu futbol, shu sababli bu har doim ham amalga oshmaydi. Sizlar ham boshqa futbollarni tomosha qilasizlar, barcha jamoalar g'alaba qozonishni istashadi. Biz ham odamlarga qarshi, yaxshi saviyadagi raqiblarga qarshi bahs olib boramiz. Ishoning biz ham g'alaba uchun o'ynaymiz.

- "So'g'diyona" bilan o'yinda ham bugun ham jamoa yaxshi vaziyat yaratmoqda, lekin golli vaziyatlar yaratishda qiynalmoqda.

- "So'g'diyona"ga ikkita, bugun esa bitta gol urdik. Nima, har bir o'yinda 5tadan gol urishimiz kerakmi? Bu "Barselona" emas, "Andijon". Eslashni ham istamaydigan "So'g'diyona"ga qarshi bahsda biz to'liqligicha o'yinni nazorat qildik va g'alaba qozonishimiz kerak edi. Yigitlar so'nggi daqiqada hisobni tenglashtirganiga ham shukur. Bugun ham biz ko'plab vaziyatlar yaratdik. Lekin bizda ham realizaciya pand bermoqda. Bu borada har kun ishlayapmiz. OKMK esa bugun birinchi bo'limda darvozamizga faqatgina bitta zarba bera oldi. Ikkinchi bo'limda esa biz ortda o'ynaganimizdan keyin, tushunarliki, OKMKda ko'p vaziyatlar, uzatmalar bo'ldi. Lekin takrorlayman, biz g'alabaga loyiq edik.

Reyting: +4   

Fikrlar

   
27 sen 00:06:00
Sahobat a
Vay meyya bu sugdiyona bilan tulliq uyinni nazorstga oldek dib aytebdimi zurga durrang uynadiku nimasiga katta ketadi bir narsani qoyillatgande
-2   
26 sen 23:02:14
NEWS 24
Bu galaba ketgan pulga
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика