So’nggi yangiliklar

00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  0 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  0 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  12 23:03Максим Шацких: "Биринчи таймда шунча вазият яратиб, гол ура олмасликни қандай изоҳлаш мумкин, билмадим"  5 22:54"Барселона" — "Хетафе". Педри, Левандовски ва Рафинья асосий таркибда  3 22:48Рўзиқул Бердиев: "Бизга бугун уч очко жуда зарур эди"  15 22:34АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди, Ҳусанов жароҳат сабаб бир тайм ўйнади  57 22:14Иван Бошкович: "Рубин Хебайда жароҳат бор"  1 21:25Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Мальорка" билан дуранг ўйнади, мадридликлар ўйинни ўн киши бўлиб якунлашди  3 21:15Ҳакам томонидан қўшиб берилган дақиқаларда Черан томонидан киритилган гол "Насаф"га ғалаба тақдим этди  123 21:02Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Аланяспор"ни мағлуб этолмади, истанбулликларнинг ягона голига Шомуродов муаллифлик қилди  17 20:52БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Ғаниев 59 дақиқа ўйнади  1 19:37Родри: "Арсенал"дан қасос олишимиз керак"  7 19:18"Арсенал" — "Манчестер Сити". Ҳусанов асосий таркибда  31

Maksim Shackix: "Birinchi taymda shuncha vaziyat yaratib, gol ura olmaslikni qanday izohlash mumkin, bilmadim" Yangiliklar

Maksim Shackix: "Birinchi taymda shuncha vaziyat yaratib, gol ura olmaslikni qanday izohlash mumkin, bilmadim"

"Andijon" bosh murabbiyi Maksim Shackix Superliga 22-tur doirasidagi "So'g'diyona" (2:2)ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- To'g'risi, gapni nimadan boshlashni bilmayapman. Birinchi taymda shuncha vaziyat yaratib, gol ura olmaslikni qanday izohlash mumkin, bilmadim. Uchrashuvda bizga ancha og'ir bo'ldi. Qaysidir manoda bazi futbolchilarga jonbozlik ko'rsatishgani uchun rahmat aytdim va xursand bo'ldim. Reja bilan ish tutishgani, azart, ishtiyoq borligi uchun mamnun bo'ldim. Men alohida individual mahorat haqida gapirmayapman. Biz bugun jamoaviy va xarakter ko'rsatadigan o'yinni tomosha qildik. Osiyo Chempionlar ligasida qiyin o'yinni o'tkazib qaytgandik. Bu qaysidir manoda ushbu uchrashuvga ham tasirini ko'rsatdi. Shunday bo'lsada, yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Ular tiklanish jarayonini yaxshi o'tkazishdi. O'zimiz xohlagan narsaga yaqinlashishga harakat qildik. Ikkinchi bo'limda nisbatan faolroq bo'ldik, deyishim mumkin. Albatta, xatolardan ko'z yumib bo'lmaydi. Kamchiliklarimiz bor. O'tkazib yuborilgan gollar faqat o'zimizni xatoimiz sababli bo'ldi. Tahlil qilib chiqamiz. Keyinchalik bunday xatolarga yo'l qo'ymaslikka harakat qilamiz. Futbolchilarga va muxlislarimizga minnatdorchiligimni bildiraman. Ishqibozlar bizni qo'llab-quvvatlashda davom etishadi va biz ularning ishonchini oqlashga harakat qilamiz. Ularni yaxshi kayfiyatda bo'lishi uchun biz doimo qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.

- "Andijon"ni autsayderlar qatoriga kirib borayotgani siz murabbiylar shtabini qanchalik xavotirga solyapti?

- Qanday xavotir haqida gapiryapsiz? Biz murabbiylar shtabi har bir uchrashuvda g'alaba uchun tayyorlaymiz. Har bir o'yinni o'ziga yarasha masuliyati bor. 4 kundan so'ng OKMK bilan o'ynaymiz. Biz faqat g'alabani xohlab maydonga tushamiz. Qo'limizdan kelganicha harakat qilyapmiz. Birinchi taymda bir qancha vaziyatlar yaratdik. Ammo, unumli foydalana olmadik. Bilmadim, bu nima bilan bog'liq? Ikkita gol urdik, biroq ikkita gol ham o'tkazib yubordik. Bunday uchrashuvlar bo'lib turadi. Hali o'yinlarimiz bor. Hozircha turnir jadvaliga u qadar jiddiy yondashib bo'lmaydi. Bu o'yin 2:2 bilan tugadi. Endi keyingi uchrashuv haqida o'ylashimiz kerak.

- Lyupcho Dorievni Sunnatilloh Hamidjonov qo'riqladi. Chindan ham uni vazifasi Doriev bilan personal o'ynashmidi?

- Ular shunchaki o'zlarini pozisiyasida to'p surishdi xolos. O'ng qanotda Doriev vinger, buni tan olamiz.

- OCHL uchun ukrainalik Evgeniy Makarenko bilan shartnoma imzolandimi?

- Hozircha yo'q. Ammo rejamizda bor va 1 oktyabr kungi muhim uchrashuvga ham tayyorgarlik ko'ryapmiz. Afsuski, ayrim chizig'imizda o'zimizga yarasha muammolarimiz bor. Bu futbolchini avvaldan nimaga qodirligini bilaman. Bizga katta yordam berishiga ishonaman.



Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
21 sen 23:42:35
Mahmud Ttww
Бу овсар ўзини Гвардиола деб ўйлайди, фпқат ахмоққа ўхшаб ўзини мақтайди яхши мураббий бўлганда Пахтакор қадрига етарди, Анжан Хомяковни кетказиб нотўғри иш қилди.
+1   
21 sen 23:37:13
From Earth
Андижон узоқ муддатли режа тузиб, шошилмасдан ҳориждан малакали мураббий олиб келиб унга 2-3 йил муддат бериши керак. Шацких супер лигада эплолмаяпти, элит лигада эплаши қийин. Хомяков ва жамоани мехнатларини Шацких расво қиляпти. Бу мавсум ёкунланса Шацкихга эшикни кўрсатиб ўрнига бошқа малакали мураббий олиб келинса зўр бўларди.
   
22 sen 00:14:07
Neuling
Buni orqasiga tepib Ukrainaga haydanglar köklarga kötarishni örniga. Vaqtida Ukrainadan qadamini uzmasdi Uzbga kelishga or qilib. Erta urush tugasin qorasiniyam körmaysanlar buni. Yaxshi futbolchi bölgan bölsa bölgandir, lekin yaxshi inson sifatida körmayman buni.
   
21 sen 23:54:03
تعمورخن ومار خجا
Shatskix tan ol aqlim kuchim saviam yetmayapdi ketibqoʻyaqolay de
   
21 sen 23:24:58
Kane 010 Kane 010
Xech Andijon yaxshi trenerga yolchimadi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика