"Valensiya" Vinisius haqidagi hujjatli film tufayli Netflix'ni sudga berdi
30 sen 2025 15:20
Yangiliklar
"Valensiya" Vinisius haqidagi hujjatli film tufayli Netflix'ni sudga berdi
"Valensiya" Netflix kompaniyasini Vinisius Junior haqidagi hujjatli filmda yolg'on malumot tarqatishda ayblamoqda.
Filmda aytilishicha, "Mestalya"dagi muxlislar "mono" (maymun) deb hayqirgan, ammo klub "tonto" (ahmoq) so'zi aytilganini davo qilmoqda.
Klub tuzatish kiritishdan bosh tortilganidan keyin sudga davo kiritgan. "Valensiya" tovon puli, subtitrlarni tuzatish va sud qarorini elon qilishni talab qilmoqda.
Karlo Anchelotti avvaliga stadionni irqchilikda ayblagan, biroq keyinroq bu butun arena tomonidan yangramaganini takidlab, uzr so'ragandi.
3 nafar muxlis Vinisiusni irqiy haqoratlagani uchun 8 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan.
Ispaniyada bir necha bor irqchilikka duchor bo'lgan futbolchining o'zi o'sha uchrashuvda yig'lab yuborgan va maymuncha imo-ishoralar qilgan muxlis bilan janjallashib qolgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar