"Sautgempton" Maykl Kinni ijaraga olmoqchi
06 jan 2023 17:34
Yangiliklar
"Sautgempton" Maykl Kinni ijaraga olmoqchi
Angliyaning "Sautgempton" klubi "Everton" vakilini o'z safiga ijara asosida qo'shib olishni rejalashtirmoqda.
Premer-ligada jon saqlab qolish uchun kurashayotgan klub "Everton" markaziy himoyachisi Maykl Kinni tarkibiga qo'shib olish haqida o'ylamoqda. "Avliyolar" uning etakchilik salohiyati va yuqori darajagi klubdagi tajribasidan jamoaning himoya markazida foydalanmoqchi.
SHuningdek, klub "Dinamo" Zagreb azosi Mislav Orshich bilan ham shartnoma imzolashga urinib ko'radi.
29 yoshli Maykl Kin joriy mavsumda Mersisayd klubi tarkibida 3 ta o'yinda maydonda ko'rinish berdi. Uning klub bilan 2025 yilgacha amalda bo'ladigan shartnomasi mavjud. Futbolchining ayni paytdagi qiymati 14 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar