So’nggi yangiliklar

19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  0 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан" 2:0 (матнли трансляция)  3 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  11 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  14 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  121 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  7

Sardor Mirzaev: "Xalqimiz va muxlislardan uzr so'raymiz" Yangiliklar

Sardor Mirzaev: "Xalqimiz va muxlislardan uzr so'raymiz"

Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi bugun OCHL saralash bosqichida Tojikistonning "Istiqlol" klubiga mag'lubiyatga uchradi.

Bu esa o'z o'zidan "temiryo'lchilar" ning Osiyo chempionlar ligasi bilan hayrlashganini anglatadi. Mazkur bahsdan so'ng mezbon jamoa etakchisi Sardor Mirzaev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yinni hamma ko'rdi. Biror narsa deya olmayman. Tashqaridan ham ko'ringan bo'lsa kerak biron yaqqol golga tortadigan vaziyat yarata olmadik. Hozir gapirsam bahonadek tuyulishi mumkin. Mag'lubiyatda omadni ro'kach qilmagan bo'lardim.

Agarda xavfli vaziyat yuzaga kelib, undan foydalana olmaganimizda omad kelmadi desa bo'ladi. Har yilgidek yana yangi futbolchilar keldi, ayrimlar tark etdi. Bir-birimizni tushunishimiz qiyin bo'ldi. Bu o'yin biz uchun yaxshigina dars bo'ldi deb o'ylayman. Butun O'zbekiston halqidan, stadionga kelgan muxlislardan uzr so'rayman. Bugun etishmagan yagona omil hujumlarni tugallashda oqsaganimiz bo'ldi. Ichki chempionati bahslari boshlanishiga bir oy vaqt bor. Mana shu muddat ichida yanada yaxshiroq ishlaymiz", - dedi Mirzaev.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: -86   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика