So’nggi yangiliklar

23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  7 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  18 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  408 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  3 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0 20:18МЛСда тизим ўзгармоқда: "Бу янги эранинг бошланиши бўлади"  2 19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  5 18:44Рафинья "Олтин тўп"ни қўлдан бой бергани ҳақида гапирди  6 18:18Япония Ганани, Корея эса Боливияни доғда қолдирди  2 17:55Хорватиялик футболчи касбини ўзгартиради: у Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан сартарошлик қилди  2

Sanjar Tursunov: "Yulduzlarga qarshi hayajon bo'lmagan va bo'lmaydi ham" Yangiliklar

Sanjar Tursunov: "Yulduzlarga qarshi hayajon bo'lmagan va bo'lmaydi ham"

OCHL 5-turidan o'rin olgan OKMK – "Al Ittihod" uchrashuvidan so'ng mezbonlar yarim himoyachisi Sanjar Tursunov o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Muxlislar uchun o'ynadik, chunki guruhdan chiqish imkoniyatimiz mavjud emasdi. Stadion to'lgani ham bizga dalda bo'ldi. O'ylashimcha, yaxshi o'yin namoyish etdik. Imkoniyatimiz darajasida qarshilik ko'rsatishga harakat qildik. 

Yulduzlarga qarshi hayajon bo'lmagan va bo'lmaydi ham. Albatta, nomdor futbolchilarga qarshi o'yin ko'rsatish yoqimli. Bu faqat biz uchun emas, muxlislar uchun ham zavq bag'ishlaydi. Uchrashuvda tomoshabinlarning ko'pligidan xursandmiz. Futbol — muxlislar uchun, shu bois, mazkur bahs ishqibozlarga manzur keldi, deb o'ylayman.

Mavsum yakuniga etgach, kelgusi faoliyatim to'g'risida o'ylab ko'raman. Klub bilan shartnomam mavsum so'ngiga qadar tuzilgan. Hali chempionatda "Nasaf"ga qarshi muhim uchrashuv bizni kutib turibdi. Superliga yakuniga etgach, takliflarni ko'rib chiqishim mumkin. 2-3 klubdan taklif bor. Ehtimol, yangilik bo'lib qolishi mumkin", – dedi 36 yoshli futbolchi.

Eslatib o'tamiz, OKMK qita musobaqasi guruh bosqichidagi so'nggi uchrashuvini 4 dekabr kuni "Eyr Fors"ga qarshi o'tkazadi.

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика