Sanjar Asqaraliev "Navbahor"ga qaytdi, Bozorov Qarshidagi o'yindan so'ng qaytib kelgani yo'q
31 okt 2016 17:02
Yangiliklar
Sanjar Asqaraliev "Navbahor"ga qaytdi, Bozorov Qarshidagi o'yindan so'ng qaytib kelgani yo'q
Navoiyning “Qizilqum” klubiga qarshi uchrashuvdan keyin jamoamiz azolariga qisqa muddatlik tatil elon qilinmagandi.
Kecha futbolchilar tiklanish mashg'ulotlarni bajarishgandi. Bugundan boshlab mashg'ulotlar maydonda davom ettirilmoqda. Bugungi mashg'ulotlarga Usmon Asqaraliev boshchilik qildi. Unga Mustafo Bayramov va Durbek Umaralievlar yordam berishdi. Bosh murabbiy Rustam Do'rmonov esa mashg'ulotlarni chetdan kuzatish bilan cheklandi.
SHu paytga qadar jamoa natijalariga bevosita javobgar hisoblangan bosh menedjer Ravshan Bozorov Qarshidagi o'yindan keyin klub qarorgohiga kelgani yo'q. Bugungi mashg'ulotlarda aynan Bozorov tomonidan “Navbahor”ga taklif etilgan murabbiylar Fayzullo Ahmedov va Arslon Tolipovlar ham ishtirok etishgani yo'q. Jamoa safiga mavsum birinchi yarmini “Navbahor”da o'tkazib, malum vaqt davomida jamoa bilan birga bo'lmagan yarim himoyachi Sanjar Asqaraliev qo'shilganligini qo'shimcha qilish joiz. SHu kunlarda rahbariyat va murabbiylar shtabida ayrim o'zgarishlarni ro'y berishi kutilmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar