Sandro Tonali Italiyaga qaytishni istamoqda
12 dek 19:37
Yangiliklar
Sandro Tonali Italiyaga qaytishni istamoqda
Italiyalik yarim himoyachi Sandro Tonali 10 oylik diskvalifikaciya muddatini o'tab bo'ldi.
Bugungi kunga kelib u "Nyukasl"dagi holatidan norozi va Angliyani tark etish haqida o'ylamoqda.
Joriy mavsum Tonali APLning 13 o'yinida maydonga tushdi va birorta samarali harakat amalga oshira olmadi.
Takidlanishicha, "Milan", "Inter" va "Yuventus" futbolchi xizmatlariga qiziqish bildirishi mumkin. Eslatib o'tamiz, Sandro 2023 yilda "Milan"dan "Nyukasl"ga 70 million evro evaziga ko'chib o'tgandi.
Biroq futbolchining maoshi 9 million evro (soliqlarsiz) ehtimoliy xaridorlar uchun o'ziga xos to'siq bo'lishi mumkin.
Fikrlar