So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  4 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

Samvel Babayan: "Qatarga Nukus-Doha yo'nalishi orqali uchdik, buning ustiga Dohadagi ekstra taymlar..." Yangiliklar

Samvel Babayan: "Qatarga Nukus-Doha yo'nalishi orqali uchdik, buning ustiga Dohadagi ekstra taymlar..."

"So'g'diyona" - "Navbahor" uchrashuvidan (2:1) so'ng mehmon jamoa ustozi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Samvel Babayan: "Bu bizning eng yaxshi o'yinimiz deya olmayman. Maydonga shijoatsiz chiqdik, bunga yo'lmi, "nastroy"mi, nima sabab bo'lganini bilmayman. O'zgarishlar orqali o'yinni o'zgartirdik. Ikkinchi bo'limda gol urdik, biroq yana gol o'tkazib yubordik. Ko'p vaziyat yaratib, uni golga aylantira olmayapmiz. Birinchi davrada buncha hujum tashkil qila olmagandik. "Realizaciya"da oqsayapmiz.

"So'g'diyona"ni g'alaba bilan tabriklayman. Ular "Navbahor"ga qarshi juda yaxshi tayyorgarlik ko'rishgan ekan. Turnirdagi holatimizni og'irlashtirib oldik. Tahlil qilib, xatolarni to'g'irlaymiz. CHempionatda yana 9ta bahs bor, bu uchrashuvlarda munosib o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz".

- Bugungi mag'lubiyatga OCHL o'yinidagi uzoq masofa tasir qildimi?

- Faktorlar ko'p. Ularning orasida yo'l ham bor. Qatarga Nukus-Doha yo'nalishi orqali uchdik, buning ustiga Dohadagi ekstra taymlar... Maydon sifati bahona bo'la olmaydi. Birinchi golda futbolchimiz sirpanib ketgani tufayli raqib darvozabonimiz bilan birga-bir vaziyatga chiqdi. Maydonlar sifati bo'yicha talabchanroq bo'lish kerak. Mening fikrimcha, maydon talabga javob bermasdi. Biroq bu bahona emas, ikkala jamoa ham bir xil sharoitda to'p tepdi. Ammo bu narsa o'yin natijasiga tasir ko'rsatdi.


Reyting: -69   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика