Elit OCHL. 1-tur yakunlari
19 sen 16:23
Yangiliklar


Elit OCHL. 1-tur yakunlari
Bilasiz, ushbu musobaqa jamoalarni Sharq va G'arb mintaqasiga bo'lgan holda o'tkazilmoqda va har bir mintaqada 12tadan klub ishtirok etyapti. Dastlab 1-turda qayd etilgan natijalar bilan tanishtirib o'tsak.
"Sharja" - "Al Garafa" 4:3
Gollar: Manaj 60, 90+1, Kamara 62, Koronado 90+10 - Brahimi 33 (pen.), Xoselu 45+4, 73 (pen.)
15.09.2025. Sharja, "Sharja" stadioni. 1,214 tomoshabin
Bosh hakam: Majid Al Shamrani (Saudiya Arabistoni)
"Al Vahda" - "Al Ittihod" 2:1
Gollar: Kayo 62, Pimenta 90+8 - Bergviyn 21
15.09.2025. Abu Dabi, "Al Nahyan" stadioni. 12,131 tomoshabin
Bosh hakam: Salman Ahmad Falahi (Qatar).
"Al Ahli" - "Nasaf" 4:2
Gollar: Enzo Miyo 65, 68, Mahrez 90+4, Muhammad Sulaymon 90+15 - Husayn Norchaev 34, 41.
15.09.2025. Jidda, "Qirol Abdulloh" stadioni. 20,666 tomoshabin
Bosh hakam: Ryo Tanimoto (Yaponiya)
"Al Shorta" - "Al Sadd" 1:1
Gollar: Dominik Mendi 28 - Hassan Al Haydos 62
15.09.2025. Bag'dod, "Al Zavra" stadioni. 16,117 tomoshabin
Bosh hakam: Qasim Matar Al Hatmi (Ummon)
"Shabab Al Ahli" - "Traktor" 1:1
Gollar: Gilerma Bala 65 - Tomislav Shtrkalj 14
16.09.2025. Dubay, "Rashid" stadioni. 3,010 tomoshabin
Bosh hakam: Ma Ning (Xitoy)
"Al Hilol" - "Al Duhayl" 2:1
Gollar: Darvin Nunes 57, Teo Ernandes 67 - Adil Boulbina 37
16.09.2025. Ar Riyod. "Kingdom Arena". 18,802 tomoshabin
Bosh hakam: Shon Evans (Avstraliya).
Demak, 1-turning 6ta o'yinidan ikkitasida durang qayd etildi va 4ta bellashuvda mezbonlar zafar quchdi. Ilk turda mehmon jamoadan hech kim g'alaba qozona olmadi. Bundan tashqari, birinchi turda darvozalarga jami 23ta to'p kiritildi. Quvonarlisi, "Nasaf" hujumchisi Husayn Norchaev o'z hisobiga dubl yozib qo'ydi.
Musobaqa reglamentiga ko'ra, 12ta klubning barcha natijalari bitta jadvalda hisoblab boriladi va yakunda kuchli 8ta jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi. 2-tur uchrashuvlari 29-30 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. "Nasaf" 29 sentyabrda o'z maydonida Saudiyaninng eng kuchli klublaridan biri "Al Hilol"ni qabul qiladi.
Malumot uchun, "Al Hilol" dastlabki turni quyidagi tarkibda o'tkazdi: 37 Yassin Bunu, 87 Hassan Al Tambakti, 8 Ruben Nevesh, 19 Teo Ernandes, 20 Joao Kanselo, 16 Nosir Al Dovsari, 22 Sergey Milinkovich Savich, 4 Yusuf Akchichek, 29 Salim Al Dovsari, 9 Markos Leonardo, 10 Malkom. Zaxiradan tushganlar: 88 Hamad Al Yami, 7 Darvin Nunes, 11 Kayo Sezar, 28 Mohamed Kanno, 78 Ali Lajami.
2-tur juftliklari
29.09.2025. "Nasaf" - "Al Hilol"
29.09.2025. "Al Garafa" - "Al Shorta"
29.09.2025. "Traktor" - "Al Vahda"
29.09.2025. "Al Duhayl" - "Al Ahli"
30.09.2025. "Al Sadd" - "Sharja"
30.09.2025. "Al Ittihod" - "Shabab Al Ahli"
X.Xoliqov
O’xshash yangiliklar

Fikrlar