Mashhur murabbiyning uyi qurolli bosqinchilar tomonidan talon-toroj qilindi
15 sen 15:09
Yangiliklar
Mashhur murabbiyning uyi qurolli bosqinchilar tomonidan talon-toroj qilindi
"Tottenxem" sobiq bosh murabbiyi Harri Rednapp bir necha hafta oldin Sendbanks hududidagi uyiga o'g'rilar tushganini aytdi.
Rednappning so'zlariga ko'ra, bolg'a tutgan jinoyatchilar to'dasi hovliga bostirib kirib, uning rafiqasi Sandraning taqinchoqlarini o'g'irlagan.
"Baxtimizga uyda yo'q edik. Hech kim jabrlanmadi. Policiya qo'lidan kelganini qildi, ammo o'g'rilar topilmadi", – dedi Harri.
Uning takidlashicha, oila bu voqeaga etibor qaratmaslikka harakat qilmoqda:
"Biz bundan fojia yasamaymiz. Ular videokuzatuv kamerasiga tushib qolgan va biz tez orada ko'chib o'tadigan yangi uyda yanada ko'proq xavfsizlik tizimlari bo'ladi".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar